21-oktabr ‒ O‘zbek tili bayrami kuni
Nashr qilingan sana: 21.10.2024 00:46:00Til inson qalbining ko‘zgusidir. Unda nafaqat inson qalbi, balki o‘sha xalqning o‘tmishi, buguni, kelajagi, madaniyati va boshqa bir qancha jihatlari ham aks etib turadi. Bejizga biz til so‘ziga ona so‘zini egizak qilib aytmaymiz. Shuning uchun ham biz uni onamizdek qadrlashimiz, e’zozlashimiz, saqlashimiz va kelajak avlodga sof holda yetkazishimiz lozim. Til – qalb tarjimoni. Chunki har bir so‘z, eng avvalo, qalb torlarida chertiladi. So‘ngra so‘zlarda jilolanib tinglovchiga yetkaziladi.
Mana, o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga o‘ttiz besh yil to‘ldi. O‘zbek tilining ikki tomli izohli lug‘atidan siqib chiqarib tashlangan ma’naviyat, ma’rifat, qadriyat, ibo, hayo va boshqa bir qancha o‘zligimizni anglatib turadigan so‘zlarimiz, istiqlolimiz sharofati ila nashr etilgan besh tomli “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ga kiritilgan. Bu barchamiz uchun quvonchli holat. Tilimizning boshqa tillarga qaraganda qanchalik boy ekanligini XV asrdayoq Hazrat Navoiy o‘zining “Muhokamat ul-lug‘atayn” asari orqali isbotlab ketgan. U kishining “Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz” degan fikrlari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q, balki biz uchun dasturulamal vazifasini o‘tab kelmoqda.
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida ham davlat tilida ish yuritish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, so‘nggi 3 yilda bir necha buyruqlar chiqarilib, ijroga yo‘naltirilgan.
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida 2024-yilgi rejaga muvofiq 4 nafar xodim Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish bo‘yicha malakasi oshirilgan.
Mamnuniyat bilan aytish lozimki, bugungi oshkoralik sharofati bois bu ishga alohida e’tibor qilinib, til muammolariday muhim va murakkab masalalar odilona hal etilmoqda. Har bir xalq o‘z tilini mukammal bilmog‘i, boshqa xalqlar tillariga hurmat bilan yondashmog‘i zarur.
Xasanboy Qosimov,
“O‘zbekko‘mir” AJ
Axborot xizmati mutaxassisi
Izohlar
Marvindreme
09.10.2025 16:18:47Oxirgi yangiliklar:

Angren konchilari haqida Rossiya jurnalida maqola chop etildi
Rossiya Federatsiyasining xalqaro “Глобус: геология и бизнес” jurnalida (2025 yil oktabr, №4) jurnalist Diana Andreevaning “Ular qorong‘ulikda ishlaydilar” sarlavhal...
O'qish
Tog‘-kon transport uskunalarini ta’mirlash zavodi bilan tanishuv
Mahalliylashtirish markazi vakillari “O‘zbekko‘mir” AJ Tog‘-kon transport uskunalarini ta’mirlash zavodi filialida bo‘lishdi. Mehmonlar korxonaning ishlab chiqari...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ mutaxassisi maqolasi xalqaro jurnalda
Rossiya Federatsiyasida nashr etiladigan xalqaro “Глобус: геология и бизнес” jurnali (№5)ning 2025-yil oktabr ssonida sahifarida “O‘zbekko‘mir” aksiyadorli...
O'qish
Bugun yurtimizda – “Milliy liboslar kuni”
Bugun yurtimizda – “Milliy liboslar kuni” sifatida nishonlanmoqda. “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati xodimlari ham ushbu an’anaga hamohang tarzda ishga milliy l...
O'qish