Aholiga arzonlashtirilgan ko‘mir tarqatish izchil davom ettirilmoqda
Nashr qilingan sana: 28.02.2024 22:56:162023/2024 yillar kuz-qish mavsumi uchun respublika aholisi va byudjet tashkilotlariga jami 1 819,6 ming tonna, shundan aholiga 1 232,9 ming tonna, byudjet tashkilotlari uchun jami 586,6 ming tonna, shundan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri byudjet tashkilotlariga 353,5 ming tonna, (DXSH asosida tadbirkorlik sub’yektlariga 233,1 ming tonna) mahalliy ko‘mir yetkazib berilishi rejalashtirilgan.
“Ko‘mir ta’minot” MCHJ tomonidan taqdim etilgan tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil kuz-qish mavsumining bugungi kuniga qadar aholiga 1 mln 178,5 ming tonna (96 foiz), byudjet tashkilotlariga jami 577,4 ming tonna (98 foiz), shundan to‘g‘ridan-to‘g‘ri byudjet tashkilotlariga 352,3 ming tonna (100 foiz), davlat xususiy sheriklik (DXSH) asosida istitish tizimlarini boshqarish uchun jalb qilingan tadbirkorlik sub’yektlariga 225,1 ming tonna (97 foiz) mahalliy ko‘mir yetkazib berildi.
Bugungi kunda aholi uchun 1 tonna ko‘mir – 309 800 so‘mdan, byudjet tashkilotlari uchun 1 tonna ko‘mir – 431 400 so‘mdan realizatsiya qilinmoqda.
Hududlardagi MFYlar tomonidan shakllantirilgan hamda mahalliy hokimliklar tomonidan tasdiqlagan ro‘yxatga asosan mahalliy ko‘mir mahsulotlari “Ko‘mir ta’minot” MCHJning respublikadagi jami 90 ta hududiy omborlari va 13 ta shahobchasi orqali aholi va byudjet tashkilotlari uchun yetkazib berilmoqda.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Kasb bayrami: konchilar sharaflandi
19-may –O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni! Shu munosabat bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘td...
O'qishBirlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.M.Qayumovning bayram tabrigi
Hurmatli konchilar! Qadrli kasaba uyushmalari faollari! Bugun yurtimizda, shu jumladan aksiyadorlik jamiyatimizda bayram shukuhi kezib yuribdi. Yakshanba kuni...
O'qish“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori Vladimir Vladimirovich Kuznesovning bayram tabrigi
Aziz konchilar va mehnat faxriylari! Hurmatli hamkasblar! Sizni dunyodagi eng mashaqqatli va sharafli kasblardan biri ‒O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati...
O'qishYo‘lingiz hamisha bexatar bo‘lsin!
Ushbu filialda uchta avtobaza bo‘lib, 2-avtobazada yengil ma va maxsus avtotransport transpot vositalari jamlangan. Jamoada ko‘plab o‘z kasbini puxta egallagan...
O'qish