Arzonlashtirilgan ko‘mir MFYlar taqdim etgan ro‘yxat asosida tarqatiladi
Nashr qilingan sana: 07.12.2023 06:48:50#Telegrambotgamurojaat
“O‘zbekko‘mir” AJ telegram botiga Xorazm viloyati Shovot tumani Kangli mahallasi Najmiddin Kubro ko‘chasi 7-uyda yashovchi Mansur Masharibovdan Shovot tumanidagi ko‘mir shoxabchasi bo‘yicha murojaat kelib tushdi. Murojaatda ko‘mir sifati va aholiga qay tartibda tarqatilishi, narxi haqida so‘ralgan.
Ushbu murojaat yuzasidan “Ko‘mir ta’minot” MCHJ Xorazm viloyati filiali rahbari K.Jumaniyozovning ma’lumot berishicha, Shovot tumani ko‘mir ombori tomonidan ko‘mir yoqilg‘isiga ehtiyoji bo‘lgan 12287 xonadonga 2023-2024-yillar kuz-qish mavsumi uchun reja bo‘yicha 12 ming 826 tonna qattiq yoqilg‘i ajratilgan bo‘lib, joriy yilning 6-dekabr holatiga shundan 10 ming 270 tonnasi tarqatilgan.
Ko‘mir mahsuloti mahalla fuqarolar yig‘inlari taqdim etgan ro‘yxat asosida, mahalliy hokimlik tasdiqlagan reja-grafik asosida, MFY raislari ishtirokida tarqatilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, murojaatchi M.Masharibov avvalroq, ya’ni 2023-yil 11-sentyabr kuni “O‘zbekko‘mir” AJ telegram botiga ko‘mirning sifati bo‘yicha e’tiroz bildirib yozgan edi. “Ko‘mir ta’minot” MCHJ Xorazm viloyati filiali rahbari K.Jumaniyozovning qo‘shimcha qilishicha, ushbu murojaat tezkor o‘rganilib, qanoatlantirilgan va M.Masharibov o‘zi va qizining oilasi uchun o‘sha kuni Shovot ko‘mir omboridan 4 tn. 830 kg miqdoridagi ko‘mir yoqilg‘isini imtiyozli narxda sotib olgan.
Ma’lumot uchun, aholi ehtiyojlariga 2023/2024-yillar kuz-qish mavsumi uchun tarqatilayotgan ko‘mir mahsuloti 2BZR markali bo‘lib, sifat guvohnomasiga ko‘ra, bo‘laklar o‘lchami - 25- 500 mm., namligi - 35 foizgacha, kulchanligi - 17 foizgacha, tarkibida 25 mm.dan ziyod o‘lchamdagi mineral aralashmalari bo‘lgan bo‘laklar 2 foizgacha, maydalar miqdori 20 foizdan oshmasligi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi idoralararo tarif komissiyasining 2023-yil 27-oktyabrdagi 18-sonli yig‘ilish bayoniga asosan 2023-yil 15-noyabr kunidan aholi uchun 1 tonna mahalliy ko‘mir mahsuloti narxi 309 800 (uch yuz to‘qqiz ming sakkiz yuz) so‘mni tashkil qiladi.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
Izohlar
Rasulov Sanjar Abduraximovch
23.12.2025 23:43:07Rasulov Sanjar Abduraximovch
23.12.2025 11:02:45Rasulov Sanjar Abduraximovch
23.12.2025 10:57:45Наримонов Расул Наримонович
23.10.2025 07:41:23Xazratov Sardor
22.10.2025 10:59:57Avezov Maqsad Shavkatovich
13.10.2025 12:58:08Usmonov xurshid
27.09.2025 19:53:37Usmonov xurshid
27.09.2025 19:53:35Usmonov xurshid
27.09.2025 19:53:34Satimov Omadjon Soxibovich
20.09.2025 01:43:12Salimov Omadjon Soxibovich
20.09.2025 01:40:33Temirov Shoxjaxon Xayrullo o'g'li
10.07.2025 15:11:49Oxirgi yangiliklar:
Beshariqda ro‘yxatga olish bo‘yicha navbatdagi seminar tashkil etildi
Ma’lumki, jori yilning 15-yanvar-28-fevral kunlari mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatdan o‘tkazish tadbiri o‘tkaziladi. Bu tadbir aholi va qishloq...
O'qish
Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi A.M. Qayumovning bayram tabrigi
Sizlarni kirib kelayotgan 2026-yil — “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman. Jamiyatimizda yakunlanayot...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori N.U. Dusmatovning bayram tabrigi
Hurmatli ko‘mir sanoati xodimlari va faxriylari, aziz hamkasblar! Yakunlanayotgan yil mamlakatimiz ko‘mir sanoati uchun barqaror o‘sish va muhim natijalar bilan y...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ: korrupsiyaga qarshi islohotlar yangi bosqichda
Korrupsiya jamiyat va iqtisodiyot rivojiga jiddiy to‘siq bo‘luvchi, davlat boshqaruvi samaradorligiga putur yetkazuvchi xavfli illat sifatida mamlakatimizda davlat si...
O'qish