“O‘zbekko‘mir” AJ: ko‘mir qazib olish hajmi 127,9 foizga oshdi
Nashr qilingan sana: 30.04.2025 12:56:12
Bugun AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zbekko‘mir” AJ axborot xizmati rahbari Ne’mat Dushayev 2025 yil uchun ko‘mir resurslari va iste’mol balansi ko‘rsatkichlarining yanvar-mart oylaridagi ijrosi haqida ma’lumot berdi.
15:30 / 30.04.2025
Qayd etilishicha, joriy yilning birinchi choragida jamiyat tomonidan 7,5 million metr kub hajmida kon yuzasini ochish ishlari amalga oshirildi. Bu boradagi rejalar “Angren”, “Apartak” ochiq konlari hamda yer osti usulidagi konlarda muvaffaqiyatli bajarildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 173,5 foizga ko‘pdir.
Qazib olingan ko‘mir miqdori esa 1 million 100 ming tonnani tashkil etdi. Shu jumladan, “Angren” ko‘mir konida 1 million 37 ming tonna, “Apartak”da 88,4 ming tonna, yer osti usulidagi konda 15 ming 100 tonna ko‘mir qazib chiqarildi. Umumiy ko‘mir qazib olish hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 127,9 foizga oshgani ta’kidlandi.
Shuningdek, birinchi chorakda iste’molchilarga yetkazib berilgan ko‘mir miqdori 1 million 700 ming tonnani tashkil etdi. Shundan 1 million 200 ming tonnasi issiqlik elektr stansiyalariga, 9 ming 100 tonnasi byudjet tashkilotlariga, 148,2 ming tonnasi aholi ehtiyojlari uchun yetkazilgan. Birja savdolari orqali esa 291,7 ming tonna ko‘mir sotilgan. Yil yakuniga qadar 6,8 million tonna ko‘mir qazib olish va 6,76 million tonna mahsulotni iste’molchilarga yetkazish rejalashtirilgan.
– Jamiyatda konlarni modernizatsiya qilish va texnologik yangilash ishlari ham olib borilmoqda. Jumladan, “Angren” kon maydoniga “Hitachi EX2600” rusumli ekskavator olib kelindi. Ushbu texnika yordamida ko‘mir ustki qatlamini ochish samaradorligi yanada oshadi. Shuningdek, “Janubiy” konveyerning ikkinchi liniyasida amalga oshirilgan rekonstruksiya natijasida sutkalik ko‘mir tashish quvvati 5 ming tonnadan 7 ming tonnagacha oshishi kutilmoqda. Shuningdek, tashkilotimiz “Yashil belbog‘” umummilliy loyihasi doirasida atrof-muhitni obodonlashtirish ishlariga ham e’tibor qaratyapti. Xususan, bahorgi ekish mavsumida 1,3 gektar maydonda 10 ming tub daraxt ko‘chatlari ekildi, – dedi N.Dushayev.
N.Ziyodullayeva, O‘zA
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Mustaqilligining 34-yilligiga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatining “Tog‘-kon uskunalarini sozlash zavodi” hududida yurtimiz mustaqilligining 34-yilligiga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri bo‘...
O'qish
"O'zbekko'mir" AJ "Tog'-kon uskunalarini sozlash zavodi"da kitob yarmarkasi tashkil etildi
Bugun, 2025-yil 21-avgust kuni, oldindan e’lon qilinganidek, "O‘zbekkomir" aksiyadorlik jamiyatining "Tog‘-kon uskunalarini sozlash zavodi" hududida kitob yarmarkasi bo‘l...
O'qish
Bu yil banklar tadbirkorlik loyihalari uchun 6 milliard dollar resurs olib kelmoqda
Banklar kelgusi yilda aynan kichik va o‘rta tadbirkorlikni maqsadli qo‘llab-quvvatlash uchun qulay shartlarda alohida 1 milliard dollar resurs jalb qiladi. Shuningdek,...
O'qish
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazadi
Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqot shaklidagi ilk uchrashuvi 2021 yil 20 avgustida o‘tkazilgan edi. O‘sha uchrashuvda davlatimiz rahbari bunday tadbirni har y...
O'qish