Injiniring kompaniyasi taqdimot o‘tkazdi
Nashr qilingan sana: 22.01.2025 03:08:54
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati markaziy dispetcherlik binosida TPE-CNC” MCHJ vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Jamiyat mutaxassislari ishtirokida tashkil etilgan tadbirda ishlab chiqarishda tokarlik dastgohlaridan foydalanishdagi mavjud muammolarni o‘rganish, ushbu muammolarni hamda o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilindi.
Jarayonda “TPE-CNC” MCHJ vakillari o‘z faoliyati va imkoniyatlari, tokarlik uskunalarni modernizatsiya qilish, texnik xizmat ko‘rsatish va ehtiyot qismlar bilan ta’minlash, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha taqdimot o‘tkazdilar.
Tadbirda konchi-mutaxassislar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar.
Ma’lumot uchun, “TPE-CNC” MCHJ 2022-yilda Toshkent shahrida tashkil etilgan, bosh ofisi Germaniyada joylashgan, MDH davlatlarida vakolatxonalariga ega bo‘lgan injiniring kompaniyasi bo‘lib, ishlab chiqarish maydonchalari va zavodlarni loyihalashtirish, ishlab chiqarish jarayonlarining texnik-iqtisodiy qismini tashkil etish, turli maqsad va vazifalar uchun dastgohlar, uskunalar tanlash va yetkazib berish faoliyatini olib boradi.
M.Otabekov, “O‘zbekko‘mir” AJ TIAVID yetakchi mutaxassisi
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Yurtimiz hamisha tinch, xalqimiz yanada farovon bo‘lsin!
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda ko‘mir sanoati mehnat faxriylariga “O‘zbekko‘mir” AJ Bosh direktori Dusmatov Nodirbek Uktamjanovichning bayram tabrigi Hurma...
O'qish
“Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yildi
9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Angren shahridagi Istiqlol maydonidagi “Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Maz...
O'qish
Xotira va qadr kechasi o‘tkazildi
Joriy yilning 7-may kuni "O‘zbekko‘mir" AJda 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ma’naviyat soati o‘tkazildi Angren shahridagi “Zamin-2”...
O'qish
Кorrupsiya qarshi seminar-trening o‘tkazildi
Korrupsiya jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholining noroziligiga olib kelib, barcha sohadagi islohotlarning natijasiga salbiy ta’sir etadigan illatdir. Us...
O'qish