Koʻmir mahsulotlarini talon-toroj qilganlik uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda
Nashr qilingan sana: 29.04.2024 12:15:55
2024 yil 22 aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda 9 ta masala, xususan, 7 ta qonun loyihasi va parlament nazoratiga doir masalalar koʻrib chiqildi.
Unda dastlab, deputatlar tomonidan "Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda muhokama etildi.
Soʻnggi yillarda respublikamizda ijtimoiy soha obyektlari va aholining koʻmir mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojlarini qoplash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ammo ayrim hollarda koʻmir mahsulotini isteʼmolchilarga yetkazish va tarqatishda yoki ularni tashishga moʻljallangan transport vositalaridan foydalanishda yashirin ravishda oz miqdorda talon-taroj qilish holatlari uchrab turganligi aholining haqli eʼtirozlariga sabab boʻlmoqda.
Yuqoridagi kabi holatlarni bartaraf etish va ularga taʼsirchan choralarni koʻrish maqsadida ishlab chiqilgan qonun loyihasi bilan koʻmir mahsulotlarini oʻgʻirlash, oʻzlashtirish, rastrata qilish, mansab lavozimini suiisteʼmol qilish yoki firibgarlik yoʻli bilan oz miqdorda talon-toroj qilish kabi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik belgilanmoqda.
Yigʻilishda fraksiya aʼzolari qonun tashabbuskorlaridan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi hamda qonun loyihasini maromiga yetkazishga qaratilgan taklif-tavsiyalarini bildirishdi. Xususan, koʻmir mahsulotlarini yetkazish va tarqatish punktlarida aholiga yoʻnaltirilayotgan koʻmir mahsulotlarining sifatini oshirish zarurligiga alohida eʼtibor qaratildi. Bundan tashqari, koʻmir mahsulotlari ogʻirligini sunʼiy ravishda oshirish maqsadida boshqa turdagi mahsulotlarni aralashtirayotganlarga nisbatan ham javobgarlik belgilanishiga oid takliflar ilgari surildi.
Deputatlarning fikricha, ushbu hujjat Oʻzbekiston Ekologik partiya dasturiy maqsadlariga hamohang boʻlib, loyihaning qabul qilinishi aholining koʻmir mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini toʻlaqonli qondirishda turli suiisteʼmolchilik va oʻgʻirliklarning oldi olinishiga xizmat qiladi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Xavotirga o‘rin yo‘q: ko‘mir zaxirasi yetarli
#Rasmiy_munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda Denov va Boysun tumanlaridagi ko‘mir omborlarida sun’iy navbatlar yuzaga kelgani haqida videolavhalar tarqaldi. Holat y...
O'qish
Bir yurt, bir niyat: farg‘onaliklar Angren konchilari bilan yelkadosh
“Angren” ko‘mir konida konchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimi nomidan dasturxon yozilib, mehnatkash k...
O'qish
O‘zbek tili bayrami: amaliyot va ma’naviyat uyg‘unligi
“O‘zbekko‘mir” AJda O‘zbek tili bayrami munosabati bilan amaliy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Har yili 21 oktabr sanasi yurtimizda “O‘zbek tili bayrami” sifatida keng nisho...
O'qish
Angren konchilari haqida Rossiya jurnalida maqola chop etildi
Rossiya Federatsiyasining xalqaro “Глобус: геология и бизнес” jurnalida (2025 yil oktabr, №4) jurnalist Diana Andreevaning “Ular qorong‘ulikda ishlaydilar” sarlavhal...
O'qish