Konchilarimiz so'zchisi 60 yoshda
Nashr qilingan sana: 24.11.2023 19:03:22Taniqli jurnalist, mohir muharrir, bolalar shoiri Neʼmat Dushayev tavalludining 60 yilligiga bagʻishlangan adabiy-maʼrifiy kecha boʻlib oʻtdi.
"Oʻzbekkoʻmir" AJ, Birlashgan kasaba uyushmasi qoʻmitasi, Toshkent viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Angren shahar hokimligi hamkorligida tashkil etilgan ushbu adabiy tadbir "Dunyo bir chamandir!" deb nomlanib, unga keng jamoatchilik vakillari, yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunoslar, ijodkor talaba-yoshlar taklif etildi.
Qoʻhna va salohiyatli Toshkent viloyatida bir qator tuman va shaharlarda oʻziga xos adabiy muhit shakllangan. Xususan, Xayriddin Salox, Abdugʻaffor Ubaydullayev, Ilash Razzoqov, Nigora Jaloliddin qizi, Adham Tursunqulov, Farrux Ahmedov kabi shoir va yozuvchilar, dunyoga kelgan. Betakror tabiati bilan nom qozongan zamin Angrenda, ana shu safning munosib vakili, Angren ijodiy muhitidan yetishib chiqqan ajoyib isteʼdod sohibi Toshkent viloyatining ardoqli farzandi, taniqli bolalar shoiri, jurnalist Neʼmat Dushayev 60 yoshni qarshiladi.
Neʼmat Dushayev 1963 yil Angrenda tavallud topgan. U oʻz dardi va oʻz soʻziga ega ijodkor sanaladi. Ijodkor nainki bolalar, balki kattalar shoiri hamdir. Bugungacha "Ohangaron", "Angren haqiqati", "Dovon", "Ulugʻ yoʻl" gazetalarida, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi — OʻzAda samarali faoliyat koʻrsatdi. Ayni paytda N.Dushayev "Oʻzbekkoʻmir" AJ bosh direktorining matbuot kotibi vazifasida xizmat qilib kelayapti.
U serqirra ijodiy faoliyati mobaynida publitsistik maqolalar, sheʼrlar va hikoyalar yozdi. Ayniqsa, bolalar uchun bagʻishlangan kitoblari allaqachon oʻz muxlislarini topgan va bolajonlar tomonidan sevib oʻqilmoqda. Yaqinda shoirning bir turkum sheʼrlari maktab darsligidan ham oʻrin olgani shoir sheʼrlariga berilgan eng yuksak bahodir. Bugungi kungacha shoirning oʻnlab kitoblari dunyo yuzini koʻrdi.
Tadbirda "Oʻzbekkoʻmir" AJ vakillari E. Ergashev hamda Kasaba uyushmasi raisi B. Xasanovlar mehnat jamoasi nomidan ijodkora iliq tilaklar bildirishdi. Qolaversa, uchrashuv davomida Neʼmat Dushayev ijodi xususida batafsil soʻz yuritildi. Badiiy-musiqiy dastur ishtirokchilar eʼtiboriga havola etildi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

“O‘zbekko‘mir” AJ Bosh direktori N.U. Dusmatovninhg bayram tabrigi
Hurmatli konchilar va ko‘mir sanoati faxriylari! Qadrli hamkasblar! Barchangizni kasb bayramingiz bilan samimiy tabriklayman. Mana, 2001 yildan buyon maml...
O'qish
Milliy liboslar bayramlarda ayniqsa yarashadi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida haftaning har jumasi ‒ “Milliy liboslar kuni” sifatida nishonlanmoqda. Bu galgi “Milliy liboslar” chellenji Konchilarni...
O'qish
Konchilar mehnati e’tirof etildi
18-may – O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni! Shu munosabat bilan 16-may kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida kasb bayramiga bag...
O'qish
“Eng yaxshi ixtirochi” tanlovida ishtirok eting!
“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktorining “Eng yaxshi ixtirochi” tanlovini tashkil etish to‘g‘risida” 145-sonli buyrug‘i qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezi...
O'qish