Korrupsiya haqida xabar berishdan cho‘chimang!
Nashr qilingan sana: 05.12.2024 02:04:22
Korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning barcha sohalari rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadigan, taraqqiyotni sekinlashtiradigan, davlatni ich-ichidan yemirib boradigan illat. Shu boisdan ham respublikamizda ushbu illatga qarshi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishi darajasida kurash olib borilmoqda. Bu borada yuqori samaraga erishishda fuqarolarning faolligi ham o‘ta muhimdir. Ko‘pchilik korrupsiya haqida xabar berishga tayyor, ammo buning oqibatlaridan negadir cho‘chiydi. Vaholanki, bugungi korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslarlar nafaqat himoya qilinmoqda, balki shuningdek ularni tegishli tartibda rag‘batlantirish choralari ham ko‘rilgan.
Bu haqida “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” tadbirlari doirasida o‘tkazilayotgan davra suhbati va uchrashuvlarda alohida ta’kidlanmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Erkin Amanov tomonidan “Moddiy ta’minot va ijtimoiy soha” filialida tashkil etilgan davra suhbatlarida korrupsiya va uning oqibatlari, ushbu illatga qarshi amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z bordi. Jamiyatda ushbu illatni batamom yo‘q qilish uchun masalaning kichik, ahamiyatsiz jihatlarga ham e’tibor qaratish kerak. Xususan, ishga joylashtirish, sex va bo‘linmalarda yuqoriroq lavozimga yoki nisbat yangi texnikaga o‘tkazish bilan bog‘liq qilinayotgani haqida turli mish-mishlar yuradi, ammo hech kim bu to‘g‘rida xabar bermaydi. Bunday korrupsiyaviy holatlarga fuqarolarning faol murosasizligi kuzatilmasa, korrupsiya huqubuzarliklari, ta’magirlik kabi holatlar haqida tegishli davlat idoralarini ogohlantirmasa, xabar bermasa ushbu illatdan butunlay qutilishning iloji yo‘q.
Mamlakatimizda shu yilning 6-dekabridan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun kuchga kirmoqda.
Tadbirda Jamiyatning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi Murodjon Abduraimov tomonidan qanday holatlar “manfaatlar to‘qnashuvi” sifatida baholanishi, bunday holatlar aniqlanganda qanday chora ko‘rish zarurligi, Qonunchilikda bu borada belgilangan javobgarliklar borasida batafsil tushuncha berildi.
Ta’kidlandiki, ushbu Qonun davlat tashkilotlari faoliyatida urug‘-aymoqchilik, tanish-bilishchilik kabi illatlariga chek qo‘yishga huquqiy asos bo‘ldi. Ushbu hujjatda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan vaziyatlarni tartibga solish qoidalari belgilab berilgan.
Tadbirda uning ishtirokchilari mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

“O‘zbekko‘mir” AJ: korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-aprel kuni qabul qilingan “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaq...
O'qish
Qayga borsam, boshda d‘oppi...
O‘zbek d‘oppi — o‘zbek xalqining an’anaviy bosh kiyimi bo‘lib, u nafaqat estetika, balki madaniy ahamiyati bilan ham ajralib turadi. Ushbu bosh kiyimi erkaklar uchun...
O'qish
"Avtomobil texnologik transporti" filialida “Dolzarb 30 kun” tadbiri bo'lib o'tdi
Xabaringiz bor, joriy yilning 20-may kunidan 20-iyun kuniga qadar Respublikamiz miqyosida yong‘in xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha “Dolzarb 30 kun” tadbirlariga star...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ: mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga navbatdagi qabul e’lon qilinadi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga navbatdagi qabul e’lon qiladi. Mavjud bo‘sh ish o‘rinlari ro‘yxati bugun, 29-may kuni, soat 15:00dan...
O'qish