Korxona imiji qanday yaratiladi?
Nashr qilingan sana: 25.06.2024 11:52:23Korxona va tashkilotlar imiji ishbilarmonlik va boshqa ijobiy xususiyatlarini namoyon etishga xizmat qiladi. Xo‘sh, bunday imijni qanday yaratish mumkin?
Bugun Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida “Geologiya, tog‘-kon sanoati, metallurgiya sohasini ommaviy axborot vositalarida yoritishda yangicha yondashuv, o‘zaro hamkorlik, kommunikatsiyalar, tezkor axborot almashinuvini amalga oshirish” mavzusida o‘tkazilgan seminar-trening davomida ana shu masala ham ko‘rib chiqildi.
Vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlar matbuot kotiblari hamda mas’ul xodimlari uchun tashkil etilgan tadbirda, shuningdek ommaviy axborot vositalari bilan ishlash, soha qonunchiligidagi o‘zgarishlar, rasmiy munosabat bildirish, raddiya berish tartibi, inqirozli vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish hamda tashqi kommunikatsiya vositalaridan foydalanish haqida taqdimotlar qilindi.
Interaktiv tarzda, qiziqarli savol-javoblarga boy o‘tgan seminar-trening davomida ekspertlar bilan soha bo‘yicha fikr almashildi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Milliy liboslar bayramlarda ayniqsa yarashadi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida haftaning har jumasi ‒ “Milliy liboslar kuni” sifatida nishonlanmoqda. Bu galgi “Milliy liboslar” chellenji Konchilarni...
O'qish
Konchilar mehnati e’tirof etildi
18-may – O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni! Shu munosabat bilan 16-may kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida kasb bayramiga bag...
O'qish
“Eng yaxshi ixtirochi” tanlovida ishtirok eting!
“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktorining “Eng yaxshi ixtirochi” tanlovini tashkil etish to‘g‘risida” 145-sonli buyrug‘i qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezi...
O'qish
“O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2025” 27-xalqaro ko‘rgazmasi
“O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2025” 27-xalqaro ko‘rgazmasi “O‘zbekiston energetika haftaligi” doirasida “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2025” 27-xalqar...
O'qish