Mahalliy ko‘mir mahsulotining yangi tariflari tasdiqlandi
Nashr qilingan sana: 31.10.2023 08:21:19O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasining qaroriga muvofiq “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati va “Ko‘mir ta’minot” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan respublika ichida sotiladigan ko‘mir mahsuloti tarifining yangi miqdori tasdiqlandi.
Idoralararo tarif komissiyasining 2023 yil 27 oktyabrdagi 18-son yig‘ilish majlis bayonnosining 4-, 5-, 6- ilovalariga muvofiq “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan yetkazib beriladigan mahalliy ko‘mirning 1 tonnasi uchun tarifi ko‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olgan holda quyidagicha miqdorlarni tashkil qiladi:
Issiqlik elektr stansiyalariga:
– 2 BOMSSH (0-50) – 365 800 so‘m.
– 2 BOMSSH-B-B1 (0-50) – 322 800 so‘m.
– 2 BOMSSH-B-B2 (0-50) – 253 900 so‘m.
“Ko‘mir ta’minot” MCHJ orqali:
Byudjet tashkilotlari uchun – 431 400 so‘m.
Aholi uchun – 309 800 so‘m.
Bunda O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida” Qonuniga muvofiq mazkur yangi tariflar rasmiy e’lon qilingan sanadan e’tiboran 15 kun o‘tgach, ya’ni joriy yil 15 noyabrdan boshlab kuchga kiradi.
Izoh: Mazkur narxlar Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 martdagi “Tovar bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 249-son qaroriga muvofiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotiladigan ko‘mir uchun belgilangan. Birja savdolari orqali sotiladigan ko‘mir narxlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi “Tovar-xomashyo birjalari faoliyati samaradorligini oshirish va birda savdolari mexanizmalarini yanada takomillashtirish chora-tadirlari to‘g‘risida”gi PQ-4484-son qarori talablaridan kelib chiqqan holda belgilangan.
“O‘zbekko‘mir” AJ AJ Axborot xizmati
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘‘mir” 2025-yil natijalari: Innovatsiya, shaffoflik va samaradorlik
2025-yil “O‘zbekko‘mir” aksionerlik jamiyati uchun o‘ta samarali va innovatsiyalarga boy yil bo‘ldi. Jamiyatda konchilik sohasidagi ishlab chiqarish, ko‘mir yetkazib...
O'qish
Hamkorlik – ilmiy yechimlar sari muhim qadam
2026-yil 26-fevral kuni “O‘zbekko‘mir” AJ katta faollar zalida jamiyat mutaxassislari hamda NITU MISiS professor-o‘qituvchilari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur t...
O'qish
Stol tennisi va badminton bo‘yicha sport musobaqalari yakunlandi
Jamiyatimiz filiallari o‘rtasida o‘tkazilgan stol tennisi hamda badminton musobaqalari qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tdi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra g‘olib...
O'qish
Yangi farmon doirasidagi metrologiya islohotlari
O‘zbekistonda texnik tartib-qoidalar sohasida tizimli islohotlarning yangi bosqichi boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiningg “Texnik jihatdan tartibga solish s...
O'qish