Mohir “BelAZ”chilar
Nashr qilingan sana: 23.10.2023 06:24:20“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati ATT filialiga qarashli 1-son avtokorxona filialning asosiy korxonasi hisoblanadi. Qudratli og‘ir kon texnikalari – ulkan “BelAZ” avtosamosvallari to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Angren” ko‘mir koni “javlon urib” ko‘mir va tog‘ jinslari tashiydi.
Ayni paytda avtokorxonada 130 tonnalik o‘n beshta, 110 tonnalik oltita, yuk ko‘tarish quvvati 30-40 tonna bo‘lgan ikkita “BelAZ” mavjud. Bundan tashqari, 14 ta “MAN” samosvali ham bor.
Avtokorxona jamoasida 200 dan ortiq haydovchi mehnat qiladi. Biz bu yerda bo‘lganimizda og‘ir kon texnikalaridan biri – “BelAZ-001” samosvalini uning to‘rt kishidan iborat brigadasi tomoni ta’mirlayotgan ekan.
– Bu ajoyib brigada. Unda har biri o‘n, yigirma yoki undan ko‘proq ish stajiga ega mutaxassislarimiz ishlaydi. Ular nafaqat mohir haydovchi balki, yaxshigina ta’mirchilar hamdir, – deydi mamnuniyat bilan mexanik ta’mirlash ustaxonasi (MTU)ning yosh boshlig‘i Nodirbek Ibrohimov.
Brigada a’zolari Bahrom Nasibaliyev, Mansur Ro‘zmatov, Sherzod Qayumov, Faxriddin Zokirov o‘z kasbining ustalari bo‘lgan mehnatsevar xodimlaridan sanalishadi. Ular konning aylanma yo‘llarida samosvalni professional tarzda boshqaribgina qolmay, og‘ir kon texnikasiga texnik xizmat ko‘rsatishni ham uddalaydilar. Hozir ular o‘z boshqaruvlaridagi “BelAZ”ning “yuragi” – dvigatelni ta’mirlash bilan band.
Bahrom aka Nasibaliyev o‘ttiz yilga yaqin haydovchi bo‘lib ishlab kelmoqda, Tajribali haydovchi “Konchi shuhrati” ko‘krak nishonining uchala darajasi sohibi. U fidokorona mehnati uchun ko‘p marta taqdirlangan. Murabbiy sifatida “BelAZ” boshqaradigan yigirmaga yaqin ajoyib shogirdlar tayyorlashga muvaffaq bo‘ldi.
Fursatdan foydalanib, ko‘mir sanoati rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan konchi-avtomobilchilarni kasb bayrami bilan tabriklab, mashaqqatli ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
Diana Andreyeva
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Ijtimoiy masalalar muhokama etildi
14-may kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida Ijtimoiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Jamiyat bosh direktori o‘rinbosari, Ij...
O'qish
Yurtimiz hamisha tinch, xalqimiz yanada farovon bo‘lsin!
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda ko‘mir sanoati mehnat faxriylariga “O‘zbekko‘mir” AJ Bosh direktori Dusmatov Nodirbek Uktamjanovichning bayram tabrigi Hurma...
O'qish
“Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yildi
9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Angren shahridagi Istiqlol maydonidagi “Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Maz...
O'qish
Xotira va qadr kechasi o‘tkazildi
Joriy yilning 7-may kuni "O‘zbekko‘mir" AJda 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ma’naviyat soati o‘tkazildi Angren shahridagi “Zamin-2”...
O'qish