Murojaatlar tahlili nimalarni ko‘rsatadi?
Nashr qilingan sana: 28.02.2024 12:34:482023-yil davomida “O‘zbekko‘mir” AJga jami 400 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning shundan 27 tasi (6,7%) yuridik shaxslarga, 373 tasi (93,3%) jismoniy shaxslarga to‘g‘ri keldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Ishonch telefoni orqali 335 ta murojaat kelib tushgan, shundan, 92 (23%)tasi qanoatlantirilgan, 98 (24,5%)tasiga tushuntirish berilgan, 16 tasi rad etilgan (4%). Jumladan, ish haqining o‘z vaqtida berilishini so‘rab 25 ta, mehnat munosabatlari masalasida 66 ta, boshqa turli masalalar bo‘yicha 42 ta, sifatli ko‘mir mahsuloti yetkazib berish bo‘yicha 105 ta, moddiy yordam berilishini so‘rab 20 ta, rahbarlar harakati ustidan norozi bo‘lib 77 nafar murojaat kelib tushgan.
Yil davomida mehnat munosabatlari bo‘yicha 203 ta (50,7%) ko‘mir yetkazib berish va sifati bo‘yicha 98 ta (24,5%), oylik maosh masalalari bo‘yicha 14 ta (3,5%), moddiy yordam masalasi bo‘yicha 12 ta(3%) va turli masalalar bo‘yicha 35 ta (8,7%)ni tashkil etdi.
Jamiyat bosh direktori ko‘rsatmasi asosida tashkil etilgan ijro apparati mas’ul xodimlari hisobidan tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan tarkibga kiruvchi filiallarda 13 marta sayyor qabullar tashkillashtirildi va xodimlarni og‘zaki murodaatlari va sovollari tinglandi tegishli choralar belgilandi.
Hal bo‘lmayotgan muammolar bo‘yicha “O‘zbekko‘mir” AJ “Ishonch” telefoniga 30 ta murojaat kelib tushdi va ularning deyarli barchasi o‘z yechimini topdi.
“O‘zbekko‘mir” AJ matbuot kotibi bilan birgalikda jamiyat rasmiy telegram-botiga kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish mobaynida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha, ko‘pchilikka namuna bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlar “O‘zbekko‘mir” AJ telegramm kanalida va “O‘zbekko‘mir” sohaviy gazetasida maqola ko‘rinishida yoritib borildi.
Tahlillarga ko‘ra, 2023-yil davomida mexnat munosabatlari bo‘yicha murojaatlar soni oshdi. Sababi ish so‘rab murojaat qilayotgan aholi soni ortib bormoqda, fuqarolarni aksariyat qismi qo‘shni davlatlarda ishlab kelgan, bugungi kundagi sodir bo‘layotgan noxush voqealar tufayli chet elga ishga borish kamaygan. Murojaat qilayotganlarning asosiy qismi Angren shahrining yirik korxonalarida ishlash ishtiyoqida, ularni ishga joylashtirish uchun vakant joylar yetishmayapti, shunga qaramay aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan qismini ishga joylashtirish bo‘yicha bir qancha ishlar amalga oshirildi.
Malika Nazarova,
“O‘zbekko‘mir” AJ ijro apparati murojaatlar bilan ishlash yetakchi mutaxassisi
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Beshariqda ro‘yxatga olish bo‘yicha navbatdagi seminar tashkil etildi
Ma’lumki, jori yilning 15-yanvar-28-fevral kunlari mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatdan o‘tkazish tadbiri o‘tkaziladi. Bu tadbir aholi va qishloq...
O'qish
Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi A.M. Qayumovning bayram tabrigi
Sizlarni kirib kelayotgan 2026-yil — “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman. Jamiyatimizda yakunlanayot...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori N.U. Dusmatovning bayram tabrigi
Hurmatli ko‘mir sanoati xodimlari va faxriylari, aziz hamkasblar! Yakunlanayotgan yil mamlakatimiz ko‘mir sanoati uchun barqaror o‘sish va muhim natijalar bilan y...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ: korrupsiyaga qarshi islohotlar yangi bosqichda
Korrupsiya jamiyat va iqtisodiyot rivojiga jiddiy to‘siq bo‘luvchi, davlat boshqaruvi samaradorligiga putur yetkazuvchi xavfli illat sifatida mamlakatimizda davlat si...
O'qish