Ob-havo qutqaruvchilar faoliyatida rol oʻynamaydi
Nashr qilingan sana: 14.03.2024 07:55:37Bugun, 14-mart kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi “Temir yo‘l transporti” filialida “Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda ob’ekt rahbariyati va fuqaro muhofazasi tuzilmalarining harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.
Kun sovuq bo‘lishiga qaramay, belgilangan manzilda filial fuqaro muhofazasi hamda 2-Alohida harbiylashtirilgan kon-qutqaruv vzvodi shaxsiy tarkiblari jam bo‘ldi.
Uch bosqichda o‘tkazilgan mashg‘ulotda konchi-temiryo‘lchilar favqulodda vaziyatlarda harakatlanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini navbatdagi sinovdan o‘tkazdilar.
– Havo sovuq, qor uchqunlab turardi. Ammo bu ishtirokchilarga kor qilmadi. Zero, bunday paytda ob-havoning qandayligi bizda rol o‘ynamaydi. Axir qutqaruvchilar, ular xoh ko‘ngilli, xoh professional bo‘lsin, favqulodda vaziyatlarda qor-yomg‘irga qarab ish tutmaydi. Aksincha, qor yoqqani mashg‘ulotning saviyasini yanada oshirdi, – filial FM va FV bo‘yicha muhandis Xojiakbar Jumaboev.
Izohlar
Хожиакбар Джумабаев
14.03.2024 08:00:45Oxirgi yangiliklar:

Ijtimoiy masalalar muhokama etildi
14-may kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida Ijtimoiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Jamiyat bosh direktori o‘rinbosari, Ij...
O'qish
Yurtimiz hamisha tinch, xalqimiz yanada farovon bo‘lsin!
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda ko‘mir sanoati mehnat faxriylariga “O‘zbekko‘mir” AJ Bosh direktori Dusmatov Nodirbek Uktamjanovichning bayram tabrigi Hurma...
O'qish
“Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yildi
9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Angren shahridagi Istiqlol maydonidagi “Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Maz...
O'qish
Xotira va qadr kechasi o‘tkazildi
Joriy yilning 7-may kuni "O‘zbekko‘mir" AJda 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ma’naviyat soati o‘tkazildi Angren shahridagi “Zamin-2”...
O'qish