QOMUSIMIZ − QABUL QILINGAN KUN
Nashr qilingan sana: 07.12.2023 02:35:07#Maʼnaviy_maʼrifiy_tadbir
Xabaringiz bor, joriy yilning dekabr oyi mamlakatimizda “Konstitutsiyamiz qabul qilingan kuni” tadbirlariga nihoyatda boy boʻlmoqda. “Oʻzbekkoʻmir” AJ korxonalarida ham “Konstitutsiya, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh qomusi” mavzusida maʼnaviyat soatlari oʻtkazildi.
Jamiyat Birlashgan kasaba uyushma qoʻmitasi tashabbusi bilan “Qurilish montaj ishlari” filialida tashkil etilgan tadbir ham chinakam bayramiga aylanib ketdi.
Bu bejiz emas. Konstitutsiyamiz – qabul qilinganiga bu yil 31 yil toʻldi. Birlashgan kasaba uyushma qoʻmitasi raisi Abdunosir Qayumov tadbirni kirish soʻzi bilan ochar ekan, KONSTITUTSIYA mamlakat taraqqiyotining kafolati deya taʼkidladi.
Tadbirda aziz mehmonlardan − Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Aleksandr Bekjanovlar koʻmir sanoati xodimlari huzurida soʻzga chiqib, qomusimiz haqida toʻlqinlanib, maroq bilan soʻz yuritdilar. Mavzuga oid sheʼrlar oʻqib, namoyish qilgan badiiy asarlardan parchalar orqali barchaning qalbida yurtimizga, bosh qonunimizga boʻlgan mehr-muhabbat va hurmat yanada joʻsh urdirdilar.
KONSTITUTSIYA bayramiga bagʻishlangan tadbirlar boshqa filiallarda ham koʻtarinki ruhda tashkil etildi. Ushbu tadbirlarda taniqli siyosiy sharhlovchi Qobilbek Karimbekovlar ishtirok etdi.
Anorbek Sultonov,
"Oʻzbekkoʻmir" AJ Birlashgan kasaba uyushma qoʻmitasi raisi oʻrinbosari
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Yurtimiz hamisha tinch, xalqimiz yanada farovon bo‘lsin!
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda ko‘mir sanoati mehnat faxriylariga “O‘zbekko‘mir” AJ Bosh direktori Dusmatov Nodirbek Uktamjanovichning bayram tabrigi Hurma...
O'qish
“Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yildi
9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Angren shahridagi Istiqlol maydonidagi “Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Maz...
O'qish
Xotira va qadr kechasi o‘tkazildi
Joriy yilning 7-may kuni "O‘zbekko‘mir" AJda 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ma’naviyat soati o‘tkazildi Angren shahridagi “Zamin-2”...
O'qish
Кorrupsiya qarshi seminar-trening o‘tkazildi
Korrupsiya jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholining noroziligiga olib kelib, barcha sohadagi islohotlarning natijasiga salbiy ta’sir etadigan illatdir. Us...
O'qish