Rejalar katta, koʻmir yetarlimi?
Nashr qilingan sana: 28.10.2023 09:46:32Ulugʻ shoirimiz Erkin Vohidov bunday yozgan edi: “Tilimizda “Gap koʻp — koʻmir oz” degan maqol bor. Men baʼzi davralarda uning sharhini soʻrab, oʻrtaga masala tashlab koʻrdim.
Har kim har xil sharh qiladi. “Urush yillarida koʻmir ozligida aytilgan bu”, dedi birov. Yana kimdir “Gapingda tosh bosadigan maʼno kam yoki gap koʻp-u, uning qoʻri yoʻq”, degan maʼno bilan izohladi...Menimcha, uning asli bundoq boʻlgan: “Gap koʻp-ku, umr oz”. Ku yuklamasining keyingi soʻzga qoʻshilib ketishidan umr koʻmirga aylangan. Asliyatni tiklasak, dunyoning dardini aytishga umr yetmaydi, degan falsafiy xulosa chiqadi”.
“Yangi Oʻzbekiston” gazetasining 24 oktyabrdagi sonida Oʻzbekiston koʻmir sanoatining bugungi kuni haqida yuqoridagi kirish soʻzi bilan “Rejalar katta, koʻmir yetarlimi?” sarlavhali tahliliy maqola chop etildi. Maqolada respublikamizda koʻmir qazib oluvchi va yetkazib beruvchi yirik korxona – “Oʻzbekkoʻmir” AJ faoliyatiga ham alohida eʼtibor qaratilgan.
Oxirgi yangiliklar:
Konferensiya: Jamoa shartnomasi ijrosi muhokama qilindi
2026-yilning 17-aprel kuni Unda jamiyat tizimidagi korxonalardan saylangan delegatlar, jamiyat rahbariyati, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari, mutaxassislar hamda...
O'qish
Brifing: iste’molchilarga 1 million 782,6 ming tonna mahalliy ko‘mir yetkazib berildi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida 2026-yilning yanvar–mart oylarida iste’molchilarga 1 million 782,6 ming tonna mahalliy ko‘mir yetkazib berildi. Bu boradagi reja 1...
O'qish
OAV vakillari diqqatiga: “O‘zbekko‘mir” AJda I chorak yakunlariga bag‘ishlangan brifing
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida 2026 yil “yanvar–mart oylari yakunlari hamda jamiyatda amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlari” mavzusida brifing o‘tkazi...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ transformatsiya: xarid jarayonlari raqamlashtiriladi, ESG tamoyillari joriy qilinadi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida xarid jarayonlarini yanada ochiq, tushunarli va samarali qilish maqsadida KPMG xalqaro konsalting kompaniyasi tomonidan keng qamrov...
O'qish