To‘polang ko‘mir koni o‘zlashtirilmoqda
Nashr qilingan sana: 14.09.2023 03:46:39Davlatimiz rahbari tomongidan respublikamizda ko‘mir qazib olishni joriy yilda o‘tgan yildagi 5,3 mln. tonnadan 6,5 mln,tonnaga chiqarish vazifasini qo‘ygan. Shu maqsadda soha mutaxassislari mavjud salohiyatdan samarali foydalanish, ishlab chiqarish hajmini yanada ko‘paytirish boroaisda tizimli ish olib bormoqda. Izlanishlar natijasida Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidagi To‘polang suv ombori yuqori qismidan yangi ko‘mir konini o‘zlashtirish boshlandi.
Respublikamizda hozirgi kunda 44 ta yirik ko‘mir konlari mavjud. Ular qatoriga Angren, Sharg‘un va Boysun konlari ham kiradi. Yoqilg‘iga bo‘lgan talabning tobora oshib borishi esa, yurtimizda ham yangi ko‘mir konlarini topish va qazib olish sur’atini oshirishga turtki bo‘lmoqda. Natijada, To‘polang ko‘mir koni havzasi kabi yangi konlar ochilmoqda. Bu haqida "O‘zgidroenergo" Axborot xizmati xabar qilmoqda.
To‘polang ko‘mir koni havzasi dengiz sathidan 1450 metr balandlikda joylashgan. Ayni paytda ko‘mir konidan iste’molchilarga 35 ming tonna ko‘mir zaxirasi qazib olinib, yetkazib berishga tayyorlab qo‘yilgan.
Ko‘mir konida ishlarni jadallashtirish uchun 15 dan ortiq texnikalar jalb etilib, har kuni ko‘mir tashish 1000-1200 tonnagacha olib borilmoqda. To‘polang ko‘mir konida hozircha aniqlangan ko‘mir zaxirasi hajmi 11 mln tonna.
Qazib olinayotgan mahsulot ijtimoiy eng avvalo ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan aholi vakillariga tarqatilmoqda. Manzilli ro‘yxat asosida qo‘shimcha 20 ming tonna ko‘mir yetkazib berilishi belgilangan.
Bugungi kunda Sariosiyo va Uzun tumanlari aholisi uchun ko‘mir mahsulotlari yetkazib berish rejasiga muvofiq, to‘liq ta’minlandi. Denov va boshqa tumanlarga joriy oyning oxirigacha to‘liq yetkazib beriladi..
Ko‘mirning aholi xonadonlariga manzilli yetib borishi uchun Denov, Sariosiyo va Uzun tumanlarida 11 ming 441 nafar “Temir daftar” va “Ayollar daftari”dagi ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolar ro‘yxati shakllantirildi.
Hozirgi kunda To‘polang ko‘mir koni havzasida ko‘chkilar bilan bog‘liq xavfsizlikni ta’minlash, mahsulot qazib olish jarayonida ko‘mir qatlami yotqizimlariga aniqlik kiritish va yangi konlarni o‘zlashtirish ishlari davom ettirilmoqda.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Xavotirga o‘rin yo‘q: ko‘mir zaxirasi yetarli
#Rasmiy_munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda Denov va Boysun tumanlaridagi ko‘mir omborlarida sun’iy navbatlar yuzaga kelgani haqida videolavhalar tarqaldi. Holat y...
O'qish
Bir yurt, bir niyat: farg‘onaliklar Angren konchilari bilan yelkadosh
“Angren” ko‘mir konida konchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimi nomidan dasturxon yozilib, mehnatkash k...
O'qish
O‘zbek tili bayrami: amaliyot va ma’naviyat uyg‘unligi
“O‘zbekko‘mir” AJda O‘zbek tili bayrami munosabati bilan amaliy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Har yili 21 oktabr sanasi yurtimizda “O‘zbek tili bayrami” sifatida keng nisho...
O'qish
Angren konchilari haqida Rossiya jurnalida maqola chop etildi
Rossiya Federatsiyasining xalqaro “Глобус: геология и бизнес” jurnalida (2025 yil oktabr, №4) jurnalist Diana Andreevaning “Ular qorong‘ulikda ishlaydilar” sarlavhal...
O'qish