Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi
Nashr qilingan sana: 09.02.2026 19:02:20
“O‘zbekko‘mir” AJda Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi
Buyuk mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan “O‘zbekko‘mir” AJ “Qurilish-montaj ishlari” filialining tadbirlar zalida ishchi-xodimlar ishtirokida buyuk adibning bebaho adabiy merosini keng targ‘ib etishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir hamda navoiyxonlik kechasi tashkil etildi

Tadbir davomida “O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori Dusmatov N.U. Alisher Navoiy hayoti va ijodi, uning o‘zbek adabiyoti hamda milliy ma’naviyatimiz rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida atroflicha so‘z yuritdi.
Tadbir mehmoni Tesha Mo‘minov ham ishtirok etib, buyuk mutafakkirning ruboiy, g‘azal va to‘rtliklaridan ijro etdi hamda yig‘ilganlarga ma’naviy zavq ulashdi.
Tadbir yakunida O‘zbekiston davlat drama teatri aktrisasi Munojat Teshaboyeva tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, kecha yanada ko‘tarinki ruhda davom etdi. Ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbir ishtirokchilarda Alisher Navoiy merosiga bo‘lgan qiziqish va ehtiromni yanada mustahkamlashga xizmat qildi
.jpg)
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Bugun 9-fevral buyuk mutafakkir, Alisher Navoiy tavallud topgan kun
Asl ismi Nizomiddin Mir Alisher. U Hirotda tugʻilib, shu yerda umrining asosiy qismini oʻtkazgan.Navoiyning otasi G‘iyosiddin Bahodir temuriylar xonadoniga yaqin boʻlgan....
O'qish
Kasaba uyushma qo‘mitasi delegatlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
“O‘zbekko‘mir” AJning Angren ko‘mir koni filialida kasaba uyushma qo‘mitasi delegatlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi Yig‘ilishda BKUK raisi A. Qayumov ham qatnas...
O'qish
O‘zbekko‘mir AJ: Sun’iy Intellekt va Texnologiyalar — Raqamli Kelajak Sari
Oʻzbekko‘miAJ ijro apparati majlislar zalida Rossiyaning Timsoh kompaniyasi vakillari bilan sun’iy intellekt texnologiyalari boʻyicha umumiy tushuntirish berildi. Suvniy...
O'qish