Angrenda imkoniyati cheklangan bolalar uchun xayriya tadbiri tashkil etildi
Nashr qilingan sana: 03.12.2025 16:32:37
3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tomonidan bir qator xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugun Angren shahridagi 9-son ixtisoslashtirilgan yordamchi maktab-internatida madaniy tadbir o‘tkazilishida Jamiyat tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.
Tadbir Angren shahar hokimi Rayimov Alisher Abdumalikovichning tabrik nutqi bilan ochildi. U o‘z nutqida nogironligi bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib sharoitlar yaratish va jamiyat hayotida faol ishtirokini ta’minlash dolzarb ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
Tadbir davomida imkoniyati cheklangan bolalar tomonidan san’at va sahnaviy chiqishlar namoyish etildi. Bolajonlarning iste’dodi va chiqishlari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Mazkur madaniy dasturni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan didjey-ovoz operatori, ovoz kuchaytirgich jihozlari jalb etildi. Shuningdek, “Yoshlar” vokal guruhi ishtirokidagi qo‘shiqlar tadbirning ko‘tarinki ruhda o‘tishini ta’minladi.
Konsert dasturini tashkil etishda ham Jamiyat tomonidan har tomonlama yordam ko‘rsatildi.
Tadbir yakunida maktab-internatga 2 ta zamonaviy televizor sovg‘a qilindi. Bu esa bolalarning ta’lim va ma’naviy-ma’rifiy faoliyatini yanada boyitishga xizmat qiladi.
Nodira G‘anieva,
“O‘zbekko‘mir” AJ BIlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi ishlar boshqaruvchisi

Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Mahalliy ko‘mir narxlari bo‘yicha tarqalgan xabarlarga rasmiy izoh
Ijtimoiy tarmoqlarda Horazm viloyati Bog‘ot tumanidagi ko‘mir omborida mahalliy ko‘mir yoqilg‘isining mayda va yirik fraksiyalari turlicha narxlarda sotilayotgani haqida...
O'qish
Navbatdagi onlayn muloqot o‘tkazildi
“O‘zbekko‘mir” AJ ijro apparati majlislar zalida jamiyat faoliyatida ochiqlik, shaffoflik va jamoatchilik bilan hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan navbatdagi...
O'qish
Qashqadaryo aholisiga ko‘mir ta’minoti jadal davom etmoqda
Ayni kunlarda Qashqadaryo viloyati aholisini mahalliy ko‘mir bilan ta’minlash bo‘yicha ishlar jadal tashkil etilmoqda. Xususan, Yakkabog‘ tumanida 2025–2026 yilgi kuz-...
O'qish