Baxtsiz hodisalar taxligiga bagʻishlangan seminar
Nashr qilingan sana: 30.11.2022 02:32:21
"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyatida 2022 yilning 11 oyi davomida 3 ta baxtsiz hodisa sodir boʻlgan, ularning biri "Qurilish montaj ishlari" filialida ogʻir, "AVTOMOBIL texnologik transporti" filialida yengil, "Temir yoʻl transporti" filialida oqibati ogʻir tan jarohati bilan tugagan.
"Angren koʻmir koni" filialida jamiyat tuzilmalarida sodir etilgan baxtsiz hodisalar tahliliga bagʻishlab oʻtkazilgan seminar yigʻilishda yuqoridagi maʼlumotlar alohida qayd etib oʻtildi.
Yigʻilishda "Angren koʻmir koni" filiali bosh muhandisi SH.Turgʻunov, uning MM va TX boʻyicha oʻrinbosari E.Normurotov hamda filial ishchi-xodimlari ishtirok etdi.
Yigʻilishni olib borgan "Oʻzbekkoʻmir" AJ MMTSXvaE boʻlimi boshligʻi SH.Xaitmatov sodir boʻlayotgan baxtsiz hodisalarning asosiy sababi xavfsizlik qoidalari qoʻpol ravishda buzilishi natijasida kelib chiqqanligi aniqlanganini, bu kabi holatlar qaytarilmasligi maqsadida bir qancha chora-tadbirlar tuzilib, tegishli ishlar bajarilayotganligini aytib oʻtdi.
Joriy yilning noyabr oyiga qadar "Oʻzbekkoʻmir" AJning MM va TX muhandislari tomonidan kungi va tungi tekshiruvlar oʻtkazilib, 2336 ta xavfsizlik qoidalari buzilishi aniqlangan va ushbu qoidabuzarliklar yuzasidan 393 ta dalolatnoma-koʻrsatma tuzilgan, 277 ta ishchi-xodimga hayfsan eʼlon qilinib, 205 ta ishchi-xodimga nisbatan intizomiy jazo qoʻllanilib, 95 mln. 167 ming soʻm miqdorida jarimaga tortilgan.
Seminarda ish joylaridagi kungi va tungi tekshirishlar sonini yanada koʻpaytirish va xavfsizlik qoidalarini buzgan ishchi-xodimlarga nisbatan qatʼiy intizomiy choralar qoʻllash, sanoat xavfsizligi holatini yanada yaxshilash qoidabuzarliklar boʻyicha tuzilgan chora-tadbirlar bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytirish, davriy va navbatdan tashqari oʻtkazilayotgan bilim sinovlari sifatini yanada yaxshilash masalalari alohida tilga olindi.
Yigʻilishda Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi Angren kon-texnika inspeksiyasi boshligʻi U. Irkabayev soʻzga chiqdi. Afsuski, koʻngilsiz holatlarning aksariyati xodimlarning oʻz tajribasiga ishonib, xavfsizlik qoidalariga amal qilmaslik oqibatida yuz bermoqda. Ayni paytda barcha ishchi-xodimlar oʻzlarining mehnat muhofazasi boʻyicha kasb yoʻriqnomasiga amal qilgan holda, toʻgʻridan toʻgʻri oʻzining majburiyatlariga kiradigan vazifalarni bajarishlari lozim, dedi notiq. Ular qanday kasb egasi va qanday ish sohasida ishlashiga qaramay, oʻzining hayoti va sogʻligini saqlash maqsadida, oʻziga qulay va xavfsiz ish sharoitini yaratib, eng avvalo oʻzining mehnat muhofazasi boʻyicha kasb yoʻriqnomasi bilan yaqindan tanishib, ushbu yoʻriqnomaga asosan ishlarni amalga oshirishi kerak. Texnik mashgʻulotlarni ham sifatli va unumli tashkil etish, ishlab chiqarish boʻlimlarini tegishli xavfsizlik qoidalari bilan taʼminlash, xavfli ishlab chiqarish obyektlarida ishlovchi ishchi-xodimlarga muntazam ravishda seminar va texnik mashgʻulotlari oʻtkazish, xavfsizlik qoidalari talablari bajarilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatish lozim.
Yigʻilishda kun tartibidagi masala atroflicha muhokama etilib, kelgusidagi dolzarb vazifalar belgilab olindi.
Asror Isroilov,
"Oʻzbekkoʻmir" AJ MMTSX va E boʻlimi yetakchi mutaxassisi
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitet ‒ asosiy vazifamiz!
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida diniy ekstremizm, radikalizm va aqidaparastlik kabi yot g‘oyalarga qarshi ma’naviy-ma’rifiy kurashish, sog‘lom fikrli avlodni t...
O'qish
Manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlarni tartibga solish bo‘yicha yangi huquqiy asos yaratildi
2025-yil 30-iyun kuni Vazirlar Mahkamasining VMQ-400-son qarori qabul qilinib, Kon-geologiya vazirligi tizimiga kiruvchi ishlab chiqarish, konchilik va sanoat korxona...
O'qish
Milliy libos – millatning yuragidagi ehtirom
Har juma – o‘zligimizni tan olish kuni. Har juma – milliy iftixorni e’tirof etish kuni. Har juma – yurakdagi o‘zbeklik libosga aylanadigan kun. “O‘zbekk...
O'qish
Axborot xizmati maydonida ‒ ochiqlik va tajriba almashinuvi
Joriy yilning 30-iyun ‒ 2 iyul kunlari “Axborot xizmatlari faoliyati: ochiqlik, tezkorlik va xolislik bosh mezon” mavzusida V milliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Axb...
O'qish