Biz sizdan minnatdormiz, aziz konchi opa-singillar!
Nashr qilingan sana: 07.03.2026 17:59:30Ayol zoti borki, ular mehr va nazokat bilan hayotimizni bezaydi.
Qadrli opa-singillar!
Sizlarni yurtimizda keng nishonlanadigan bahor, go‘zallik va mehr-muhabbat bayrami – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etaman.
Jamoamizda har biringizning mehnatingiz katta ahamiyatga ega: hisobchi, nozima, tozalik bekalari, kir yuvuvchi, bo‘lim boshlig‘i, ko‘prikli kran mashinisti, lampachi, operator, muhandis, tabelchi – barchangiz korxonamiz barqaror ishlashiga munosib hissa qo‘shmoqdasiz.
So‘nggi yillarda jamiyatimiz ishlab chiqarish hajmini oshirib, iqtisodiyot tarmoqlari va aholiga mahalliy ko‘mir yetkazib berish bo‘yicha rejalarni ortig‘i bilan ado etmoqda.
Bu yutuqlarda siz aziz opa-singillarimizning hissasi benihoya katta.
Sizlarning mas’uliyatli mehnatingiz, sabr-toqatingiz va jamoaga sadoqatingiz uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz.
Yana bir bor barchangizni bahor, go‘zallik va nazokat bayrami bilan tabriklab, mustahkam sog‘liq, oilangizga baxt-saodat va ishlaringizda ulkan yutuqlar tilaymiz.
Oybek ISMAILOV,
“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktorining birinchi o‘rinbosari
Oxirgi yangiliklar:
Oila fayzi, jamoa tayanchisiz, aziz ayollar!
Qadrli va muhtaram opa-singillar! Yurtimizga nafosat, mehr va iliqlik olib kiruvchi go‘zal bahor ayyomi – 8 mart, Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Siz –...
O'qish
Ayollar qudrati: temiryo‘l xizmati va jasorat
Angren ko‘mir sanoati korxonalarida ayollar mehnati alohida o‘rin tutadi. “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatining yirik transport tarmoqlaridan biri hisoblangan “Tem...
O'qish
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi
“O‘zbekko‘mir” AJning “QMI” filialida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirni “O‘zbekko‘mir” AJ Birlashgan k...
O'qish