Brifing: “O‘zbekko‘mir” AJ'ning 2025-yil natijalari
Дата публикации: 19.01.2026 11:37:19“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2025-yilda jami 7,137 million tonna ko‘mir qazib olindi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 105,5% ni tashkil etdi.
Bu haqda 19-yanvar kuni O‘zbekiston milliy matbuot markazida jamiyat matbuot kotibi Ne’mat Dushayev ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.
Brifingda “O‘zbekko‘mir” AJning 2025-yilda amalga oshirgan ishlari, asosiy ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari hamda aholi va budjet tashkilotlarini ko‘mir mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash borasidagi chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Qazib olish hajmlari:
– “Angren ko‘mir koni” filiali – 5,915 mln tonna;
– “Apartak ko‘mir koni” filiali – 1,161 mln tonna;
– “Shaxta usulida ko‘mir qazib olish” filiali – 61 ming tonna.
Shuningdek, yil davomida 35,804 mln kub metr kon usti qoplamasi ochildi, bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 127,4% o‘sishni tashkil etdi.
Ko‘mir yetkazib berish:
Jamiyat 2025-yilda iste’molchilarga jami 6,268,8 ming tonna ko‘mir yuklab yubordi:
– Aholiga – 1,639,3 ming tonna;
– Budjet tashkilotlariga – 669,7 ming tonna;
– Issiqlik elektr stansiyalariga – 2,918,3 ming tonna;
– Birja savdolari va to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar orqali – 1,039,9 ming tonna.
Shuningdek, jamiyat tomonidan 468,8 ming tonna kaolin qazib olindi, bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 113,6% ni tashkil etdi.
Aholi va budjet tashkilotlarini ta’minlash:
2025–2026-yillar kuz-qish mavsumi uchun Hukumat tasdiqlagan rejaga muvofiq respublika budjet tashkilotlari va aholisiga 2,1 million tonnadan ortiq mahalliy ko‘mir yetkazib berish belgilangan.
Mavsum boshidan buyon shu kungacha “Ko‘mir ta’minot” MCHJ respublika huddiy ko‘mir omborlariga 2 mln 168 521 ming tonna yoqilg‘i qabul qilinib, shundan:
– Aholiga – 1 mln 433 ming tonna;
– Budjet va davlat-xususiy sheriklik tashkilotlariga – 657,1 ming tonna mahsulot tarqatildi.
Ko‘mir taqsimoti mycoal.uz portali orqali amalga oshirilmoqda. Joriy mavsumda 9,500 dan ortiq budjet tashkiloti va 1,5 milliondan ziyod aholi xonadonlaridan arizalar qabul qilindi.
Jamiyat aholi va ijtimoiy soha obyektlarini ko‘mir bilan o‘z vaqtida ta’minlash, ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va mahsulot sifati ko‘rsatkichlarini yaxshilashga alohida e’tibor qaratdi.
Ayni kunlarda aholi va budjet tashkilotlari uchun qo‘shimcha ko‘mir mahsuloti yetkazib berish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Shu maqsadda “Ko‘mir ta’minot” MCHJga qarashli 111 ta respublika hududiy ko‘mir ombori va shoxobchasi ishlab turibdi.
19-yanvar holatiga ushbu ko‘mir omborlarida 77 965 tonna zaxira mavjud.
Комментарии
Последние новости:
Процесс Переписи населения и сельского хозяйства активно продолжается
Сотрудники АО «Узбекуголь» также активно участвуют в мероприятиях по переписи населения и сельского хозяйства. Регистрация осуществляется через сайт census.stat.uz....
Читать
В Бешарике проведён очередной семинар по учёту населения
Как известно, с 15 января по 28 февраля текущего года в Узбекистане проводится мероприятие по учёту населения и сельского хозяйства. Данное мероприятие имеет важное з...
Читать