Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga koʻmir tarqatilmoqda
Nashr qilingan sana: 18.01.2023 02:51:01
Ob-havo keskin sovib ketgan shu kunlarda Andijon viloyati Shahrixon tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillariga koʻmir va oziq-ovqat mahsulotlari tarqatilmoqda.
Tuman hokimi X.Dadaxonov boshchiligida bir guruh faollar tumanning Beshariq, Namozgoh, Mustaqillik, Yakkatut, Shahrixon, Yoshlar hamda Andijonlik mahalla fuqarolar yigʻinlarida boʻldi. Mazkur mahallalarda faoliyat olib borayotgan hokim yordamchisi hamda yoshlar yetakchilari bilan birgalikda kam taʼminlangan, ehtiyojmand, boquvchisini yoʻqotgan, yaqinlari xorijiy mamlakatlarda mehnat qilayotgan oilalar holidan xabar olib, ularga koʻmir va oziq-ovqat mahsulotlari berilmoqda.
– Turmush oʻrtogʻim Rossiya davlatiga ishlagani ketgan, – deydi Beshariq mahallasida yashovchi Oyazimxon Bobojonova. – Qishga oʻtin, koʻmir zaxirasi tayyorlab olmaganimiz uchun ayozli kunlarda yosh farzandlarim bilan ancha qiynaldim. Prezidentimizga rahmat, yurtboshimizning tashabbusi bilan men kabi qiynalgan koʻplab ayollarga yordam koʻrsatilib, koʻmir, oziq-ovqat mahsulotlari berildi. Bundan behad mamnunman.
Mustaqillik mahallasida yashovchi Umidjon Siddiqov ota-onasidan ayrilgan. U ukalariga bosh boʻlib oila, tirikchilik yukini tortib kelmoqda. Ushbu sovuq kunlarda uning xonadoniga ham koʻmir va oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
Tumanda ehtiyojmand oilalarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan yuqoridagi kabi ishlar davom etmoqda (OʻzA).
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Xavotirga o‘rin yo‘q: ko‘mir zaxirasi yetarli
#Rasmiy_munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda Denov va Boysun tumanlaridagi ko‘mir omborlarida sun’iy navbatlar yuzaga kelgani haqida videolavhalar tarqaldi. Holat y...
O'qish
Bir yurt, bir niyat: farg‘onaliklar Angren konchilari bilan yelkadosh
“Angren” ko‘mir konida konchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimi nomidan dasturxon yozilib, mehnatkash k...
O'qish
O‘zbek tili bayrami: amaliyot va ma’naviyat uyg‘unligi
“O‘zbekko‘mir” AJda O‘zbek tili bayrami munosabati bilan amaliy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Har yili 21 oktabr sanasi yurtimizda “O‘zbek tili bayrami” sifatida keng nisho...
O'qish
Angren konchilari haqida Rossiya jurnalida maqola chop etildi
Rossiya Federatsiyasining xalqaro “Глобус: геология и бизнес” jurnalida (2025 yil oktabr, №4) jurnalist Diana Andreevaning “Ular qorong‘ulikda ishlaydilar” sarlavhal...
O'qish