Illatga qarshi faqat kurashish tegishli organlar emas, barchaning ishi
Nashr qilingan sana: 14.04.2023 02:19:33KORRUPSIYA kishilarning davlat va jamiyatga ishonchini yoʻqotadi, erkinlikni zaiflashtiradi, iqtisodiy rivojlanishga toʻsqinlik qiladi hamda tengsizlik, qashshoqlik, ijtimoiy boʻlinish va ekologik inqirozni yanada kuchaytiradi. Shu boisdan ham davlat xizmatchilari ushbu illatga hamisha qarshi turishi, oʻz vazifasini bajarishi hamda yordamini hech qanday taʼmasiz amalga oshirishi juda muhim.
"Oʻzbekkoʻmir" AJ tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha targʻibot-profilaktik tadbirlarda ushbu masalaga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Jamiyat ijro apparati buxgalteriya boʻlimida kuni kecha tashkil etilgan shunday tadbirda bosh hisobchi Z.Umarov korrupsiya holatining davlat va jamiyatga keltiradiganning zarari, uning tarixiy kelib chiqishi, uning mohiyati va holati haqida gapirib yigʻilganlarga maʼlumotlar berdi.
Taʼkidlandiki, bugun davlatimiz va jamiyatimizda korrupsiyaga qarshi keng koʻlamli tadbirlar olib borilmoqda. KORRUPSIYA holatining har qanday koʻrinishlari aniqlansa, aybdorlarga nisbatan jazo choralari kuchaytirilgan. Shu boisdan ham bunday harakatlarni oʻz vaqtida aniqlash, ularga barham berish, ularning oqibatlari, ularni keltirib chiqaruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish lozim.
Tadbirda korrupsiya illatiga barham berish boʻyicha taklif va mulohazalar oʻrtaga tashlandi. "Energiya va telekommunikatsiya tarmoqlari" filiali bosh hisobchisi B.Yusupovaning fikricha, korrupsiyaga qarshi kurashishni oiladan boshlash darkor. Bu borada ayollarning roli katta. Agar oʻgʻrilik yoki pora hisobiga kelgan luqmaning tag-ildizini ayollarimiz surishtirib bilsa, ochiq fikrini aytolsa, erlar halol rizq izlash payida boʻladilar, natijada ishida xotirjamlik, oilasida fayz-baraka boʻladi.
"Kapital qurilish" filiali bosh hisobchisi M.Karelinaning fikrlari ham barchaning eʼtiborini totdi. KORRUPSIYA, jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholining noroziligiga olib keladi, bu esa barcha sohadagi islohotlarning natijasiga salbiy taʼsir etadi. Ishchi-xodimlarda huquqiy ong hamda huquqiy madaniyatni rivojlantirish yoʻlida koʻp ish qilishimiz kerak. Afsuski, hamma ham oʻz haq-huquqini himoya qila olmayapti, bular qonunlarni yaxshi bilsa va ular ijrosini talab qilsa, hech qanday korrupsiyaning payi qirqiladi, ish bitirish uchun mansabdorlardan kimgadir pora berishiga hojat qolmaydi, deb hisoblaydi M.Karelina.
Qizgʻin bahs-munozara shaklida oʻtgan tadbirni Z.Umarov yakunlar ekan, taraqqiyot kushandasi boʻlgan korrupsiyaga qarshi kurashish faqat tegishli organlarning emas, barchaning ishi boʻlishi zarurligini, ana shunda korrupsiya xavfini bartaraf etish mumkinligini alohida taʼkidladi.
Tadbirda barcha buxgalteriya boʻlimlarida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining samarali ishlashini taʼminlash va nazorat qilish boʻyicha vazifalar belgilab olindi.
Nasiba Baisheva
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

“O‘zbekko‘mir” AJ Bosh direktori N.U. Dusmatovninhg bayram tabrigi
Hurmatli konchilar va ko‘mir sanoati faxriylari! Qadrli hamkasblar! Barchangizni kasb bayramingiz bilan samimiy tabriklayman. Mana, 2001 yildan buyon maml...
O'qish
Milliy liboslar bayramlarda ayniqsa yarashadi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida haftaning har jumasi ‒ “Milliy liboslar kuni” sifatida nishonlanmoqda. Bu galgi “Milliy liboslar” chellenji Konchilarni...
O'qish
Konchilar mehnati e’tirof etildi
18-may – O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni! Shu munosabat bilan 16-may kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida kasb bayramiga bag...
O'qish
“Eng yaxshi ixtirochi” tanlovida ishtirok eting!
“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktorining “Eng yaxshi ixtirochi” tanlovini tashkil etish to‘g‘risida” 145-sonli buyrug‘i qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezi...
O'qish