Ko‘mir sanoati: imkoniyatlar katta
Nashr qilingan sana: 20.03.2025 14:07:29
Oxirgi yillarda mamlakatimiz ko‘mir mahsulotlarini yetkazib berish mexanizmini yanada takomillashtirish, belgilangan sifat hamda miqdorlarda ta’minlash, iste’molchiga yetib borish jarayonlarini tizimli yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati esa ko‘mir qazib oluvchi va yetkazib beruvchi yirik va yetakchi tashkilot bo‘lib, uning tasarrufidagi konlarda muntazam ravishda samarali ish tashkil qilingan. Xususan, 1 milliard 800 mlliion tonna aniqlangan zaxiraga ega “Angren” ko‘mir havzasida faoliyat olib borayotgan “Apartak” ko‘mir koni tarixi 1968-yildan boshlanadi.

Tarixga nazar solsak, o‘shanda sobiq “Sredazugol” ishlab chiqarish birlashmasi direktori G.Ibragimov taklifi bilan Angren ko‘mir havzasiga “Qizilqum” starateli jamoasi taklif etildi. Maqsad Angren ko‘mir havzasidan yoqilg‘i qazib olishning qo‘shimcha quvvatlarini ishga tushirish bo‘lgan. Bu paytda O‘zbekiston va Markaziy Osiyo hududida oltin qazib olish bilan shug‘ullanayotgan staratelchilar bu vazifani muvaffaqiyatli uddaladi.
“Qizilqum”ni boshqarayotgan konchi S.Bondarenko katta tashkilotchilik va tadbirkorlik salohiyatiga ega edi. U ikki oy ichida Pomirdan zarur kon texnikasini olib keldi va Navgarzon uchastkasida kon ochish ishlarini tezlik bilan boshladi. Xayrli ish tezda natija berdi. Konda keyingi yilda 780 ming tonna “qora oltin” qazib olishga erishildi. Kelgusi yillarda ko‘rsatkichlar 1 million tonnaga yetdi.

Ammo, 1997-yilda Navgarzon uchastkasida katta ko‘chki yuz berdi va bu yerda kon ishlarini to‘xtatishga to‘g‘ri keldi. Shu tariqa “Apartak” konida faoliyatni tiklash taklif qilindi va ular mavjud kon texnikasini shu yerga ko‘chirdi. 1998-2000-yillarda “Apartak” konidan 1,2 million tonna ko‘mir qazib olindi.

2001-yilda “Qizilqum”dan “Angren” uchastkasi ajralib chiqdi va “Apartak” ochiq aksiyadorlik jamiyati sifatida faoliyat ko‘rsata boshladi. Ushbu jamiyatni konchilik sohasida katta tajribaga ega bo‘lgan geologiya-mineralogiya fanlari doktori F. Ismoilov boshqardi. 2004-yilda “Apartak” yopiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi va S.Lebedov rahbarligida faoliyat olib bordi. 2005-yilda jamiyat ko‘mir qazish bilan birga, uni realizatsiya qilish huquqini ham qo‘lga kiritdi.

Hozirgi kunda “Apartak” ko‘mir koni filiali “O‘zbekko‘mir” AJ tarkibida faoliyat olib bormoqda. Ikkita ko‘mir kareri va beshta uchastkada 200 nafardan ko‘proq kishi mehnat qilmoqda. Filialda 4 ta ekskavator, shuningder, buldozer, avtogreyder vakonveyer liniyasi ishlab turibdi. “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan 10 ta og‘ir yuk tashuvchi avtosamosval ajratilgan.
Hozirda korxonamiz 1 million 519 ming kub metr hajmida kon ustki qismini ochish, 649,9 ming tonna ko‘mir qazib olish quvvatiga ega. 2024-yilda bu yerda tarixda ilk marta 1,2 million tonna ko‘mir qazib chiqarildi.
Mehnat jamoamiz joriy 2025-yilda 7 million kub metr hajmida kon ustki qatlamini ochish va ko‘mir qazib chiqarishni 1,1 million tonnadan oshirish maqsadida barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda. Bu borada yangi xarid qilingan zamonaviy Komatsu og‘ir yuk tashuvchi avtosamosval va boshqa kon texnikalaridan unumli foydalaniladi.
Ruslan Ismanov,
“O‘zbekko‘mir” AJ “Apartak” ko‘mir koni filiali direktori.
O‘zA
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori ning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha MUROJAATI
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning tashabbuslari bilan mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olishga, unga qarshi kurashishga, davlat va jamiyat...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ Bosh direktori N.U. Dusmatovninhg bayram tabrigi
Hurmatli konchilar va ko‘mir sanoati faxriylari! Qadrli hamkasblar! Barchangizni kasb bayramingiz bilan samimiy tabriklayman. Mana, 2001 yildan buyon maml...
O'qish
Milliy liboslar bayramlarda ayniqsa yarashadi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida haftaning har jumasi ‒ “Milliy liboslar kuni” sifatida nishonlanmoqda. Bu galgi “Milliy liboslar” chellenji Konchilarni...
O'qish
Konchilar mehnati e’tirof etildi
18-may – O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni! Shu munosabat bilan 16-may kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida kasb bayramiga bag...
O'qish