Korrupsiyaviy harakatlar sodir etganlik uchun javobgarlik muqarrar
Nashr qilingan sana: 05.04.2023 04:27:04“Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyati filiallarida korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasini ishlab chiqish masalasiga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazilmoqda.
“Moddiy-texnik taʼminot va ijtimoiy soha" filialida ham huddi shunday tadbir oʻtkazildi.
Filial boshligʻi A.Rahimov barcha uchastka va boʻlimlar boshliqlarini “Oʻzbekkoʻmir” AJ ning “Oʻzbekkoʻmir” AJning korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasini ishlab chiqish toʻgʻrisidagi” koʻrsatmasi bilan tanishtirdi. Shu bilan birga korrupsiyaviy harakatlarni oʻz vaqtida aniqlash va ularga barham berish, shunday harakatlarni sodir etganlik uchun javobgarlik muqarrarligini taʼkidlab oʻtdi.
Yigʻilishda korxona boʻyicha korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining samarali ishlashini taʼminlash va nazorat qilish, barcha uchastkalar mudirlariga oʻz ishchi xodimlarini bilan korrupsiyaning oldini olishga oid tadbirlar oʻtkazish vazifasi yuklatildi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Xavotirga o‘rin yo‘q: ko‘mir zaxirasi yetarli
#Rasmiy_munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda Denov va Boysun tumanlaridagi ko‘mir omborlarida sun’iy navbatlar yuzaga kelgani haqida videolavhalar tarqaldi. Holat y...
O'qish
Bir yurt, bir niyat: farg‘onaliklar Angren konchilari bilan yelkadosh
“Angren” ko‘mir konida konchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimi nomidan dasturxon yozilib, mehnatkash k...
O'qish
O‘zbek tili bayrami: amaliyot va ma’naviyat uyg‘unligi
“O‘zbekko‘mir” AJda O‘zbek tili bayrami munosabati bilan amaliy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Har yili 21 oktabr sanasi yurtimizda “O‘zbek tili bayrami” sifatida keng nisho...
O'qish
Angren konchilari haqida Rossiya jurnalida maqola chop etildi
Rossiya Federatsiyasining xalqaro “Глобус: геология и бизнес” jurnalida (2025 yil oktabr, №4) jurnalist Diana Andreevaning “Ular qorong‘ulikda ishlaydilar” sarlavhal...
O'qish