Mahalliy ko‘mir narxlari bo‘yicha tarqalgan xabarlarga rasmiy izoh
Nashr qilingan sana: 01.12.2025 19:58:31Ijtimoiy tarmoqlarda Horazm viloyati Bog‘ot tumanidagi ko‘mir omborida mahalliy ko‘mir yoqilg‘isining mayda va yirik fraksiyalari turlicha narxlarda sotilayotgani haqida tarqalgan tanqidiy xabar yuzasidan “Ko‘mir ta’minot” MChJ Xorazm viloyati filiali rahbari K. Jumaniyozov quyidagilarni ma’lum qiladi:
Respublika iste’molchilariga mahalliy ko‘mir yetkazib berish davlat tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, aholiga belgilangan tartibda sifat guvohnomasi va me’yoriy hujjatlar asosida, shuningdek Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasining 2023 yil 27- oktabrdagi 18-son yig‘ilish bayonida belgilangan imtiyozli narxlar asosida – 1 tonnasi 309 800 so‘mdan yetkazib berilmoqda.
Ko‘mir mahsulotlarini omborda saralash yoki turli narxlarda sotishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ko‘mir tarqatish jarayonida shaffoflikni ta’minlash maqsadida hududlardagi mahalla raislari va mas’ul tashkilotlar vakillari tomonidan jamoatchilik nazorati o‘rnatilgan.
Bog‘ot tumani aholisiga joriy kuz-qish mavsumida 19 251 tonna mahalliy ko‘mir tarqatilishi rejalashtirilgan. Bugunga qadar ko‘mir omborlariga 15 942 tonna mahalliy ko‘mir qabul qilib olingan. Amalda 15 618 tonnasi aholiga tarqatilgan holda 324 tonna ko‘mir zaxirasi yaratilgan.
Ma’lumot uchun: aholi ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan mahalliy ko‘mir mahsuloti 2BZR markasi sifat tasnifi:
– o‘lchami – 0-700 mm;
– ️kulchanligi – 17 foizgacha;
– ️namligi – 40 foizgacha
– ️mineral qo‘shimchalar (birikmalar) – 3 foizgacha;
– issiqlik ajratish kaloriyasi – 3200 kkal/kg.
Tuman ko‘mir omboridan aholi iste’molchiga ko‘mir yetkazib berish ishlari jadal ravish davom etmoqda. Shu bilan birga, tarqatilayotgan mahalliy ko‘mir yoqilg‘isi belgilangan tartib va standart talablariga muvofiq yetkazib berilishi ta’minlanmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan asossiz ma’lumotlar jamiyat orasida xavotir va norozichilik kayfiyatini uyyg‘otishga sabab bo‘lishi mumkinligi bildiriladi.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
Oxirgi yangiliklar:
"O'zbekko'mir" AJ BKUQ raisi A.Qayumovning bayram tabrigi
Assalomu alaykum, qadrli konchilar, hurmatli hamkasblar va aziz hamshaharlar! Sizlarni butun musulmon olamining eng ulug‘ va qutlug‘ ayyomlaridan biri — muborak Qurbon...
O'qish
Qurbon hayiti munosabati bilan bayram tabrigi
Qadrli ko‘mir sanoati xodimlari va mehnat faxriylari! Hurmatli hamkasblar! Sizni muborak Qurbon hayiti bilan samimiy tabriklayman. Qurbon hayiti xalqimiz hayotid...
O'qish
Ko‘mir sanoatini rivojlantirish bo‘yicha rejalar ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev ko‘mir sanoatida bozor mexanizmlarini joriy etish, ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va yangi investisiya loyihalari yuzasid...
O'qish
"O'zbekko'mir” AJ da “DOLZARB 30 KUN” oyligi davom etmoqda
“Dolzarb 30 kun” oyligi: xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda Yurtimizda joriy yilning 1-mayidan 31-mayiga qadar favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aho...
O'qish