Mahalliylashtirishga ko‘maklashish markazi tajribasi o‘rganilmoqda
Nashr qilingan sana: 10.06.2025 17:52:47
Mahalliylashtirish markazi vakillari hamda Kon-geologiya vazirligining tarmoq va tizimosti korxonalarining Mahalliylashtirish bo‘limi mutaxassislari Mahalliylashtirishga ko‘maklashish markaziga tashrif buyurishdi. Tadbirda “O‘zbekko‘mir” AJ vakillari ham ishtirok etishdi.
Ushbu tashrifdan ko‘zlangan maqsad – Mahalliylashtirishga ko‘maklashish markazi tomonidan ishlab chiqilgan samarali ish uslublari, loyiha boshqaruvi, raqamli yechimlar va korxonalar bilan o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini o‘rganish hamda ularni amaliyotga tatbiq etishdan iborat bo‘ldi. (https://t.me/mininglocall/436)
Tashrif davomida mehmonlarga markaz faoliyat yo‘nalishlari, mavjud tashkiliy tuzilma, loyiha monitoringi tizimi va mahalliylashtirish jarayonlarini samarali boshqarish bo‘yicha tajribalari taqdim etildi. Shuningdek, ishtirokchilar o‘rtasida konstruktiv muloqot va fikr almashinuvi bo‘lib o‘tdi.
Tashrif yakunida ishtirokchilar Mahalliylashtirishga ko‘maklashish markazi tajribasini yuqori baholab, undagi yondashuvlar va ish uslublarini o‘z faoliyatlarida qo‘llashga tayyor ekanliklarini bildirishdi. Shuningdek, bundan buyon hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va doimiy axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Zavodда “Zilzila” ҳолатидаги ҳаракатлар синовдан ўтказилди
29-iyul kuni “O‘zbekko‘mir” AJning “Tog‘ transport uskunalarini sozlash zavodi” filialida fuqarolar muhofazasi tuzilmalari, ishchi-xodimlar va volontyor qutqaruvchila...
O'qish
Korrupsiya haqida xabar berish – xavf emas, mas’uliyat
Siz boshlang – sizning ortingizdan boshqalar ham ergashadi. Korrupsiyaga duch kelsangiz quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Korru...
O'qish
O‘quv markazi – milliy liboslar bilan
Milliy liboslar kuni munosabati bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati qoshidagi O‘quv markazi jamoasi ham ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi va bugungi ish kun...
O'qish
Energiya samaradorligi – strategik vazifa
“O‘zbekko‘mir” AJda energiya resurslarini tejash va yo‘qotishlarni kamaytirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Jamiyat bosh direktori o‘rinbosar...
O'qish