Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan bayram dasturxoni tashkil etildi
Nashr qilingan sana: 27.08.2025 11:27:37 Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “O‘zbekko‘mir” AJ rahbariyati tomonidan Angren shahridagi “Osiyo” tantanalar zalida keng ko‘lamli bayram dasturxoni tashkil etildi. Tadbir davomida jamiyat tarkibidagi barcha filial va bo‘linmalarda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar bir dasturxon atrofida to‘planib, samimiy suhbat va do‘stona muhitda mustaqillik bayramini nishonlamoqda. Bayram dasturxonida milliy taomlar, osh va turfa xil noz-ne’matlar tortildi. Tadbir xodimlar kayfiyatini yanada ko‘tarinki etib, jamoada o‘zaro birdamlik va do‘stlik ruhini mustahkamlashga xizmat qildi
“O‘zbekko‘mir” AJ jamoasi uchun bunday tadbirlar nafaqat yurtimiz eng ulug‘ ayyomi – Mustaqillik bayramiga bo‘lgan hurmat va ehtirom ifodasi, balki xodimlar mehnatini qadrlash, ularga e’tibor ko‘rsatishning amaliy namunasidir
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

“Jadidlar” nomli tarixiy-dramatik spektakl namoyish etildi
“O‘zbekko‘mir” AJ "Qurilish montaj ishlari" filialida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun”...
O'qish
Komplayens-nazorat bo‘linmalari xodimlari uchun oʻquv seminari tashkil etildi
2025-yil 5-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtgan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining kengaytirilgan yig...
O'qish
"Uzum sayli"da "O'zbekko'mir" AJ va boshqa hamkor tashkilotlar qatnashdi
Toshkent viloyatining Parkent tumanida an’anaviy "Uzum sayli" keng nishonlandi. Mazkur madaniy-ma’rifiy tadbirda uzum yetishtiruvchi dehqonlar va fermerlarning yutuqlari...
O'qish