Mustaqillikning 34 yilligiga bag‘ishlangan tadbir
Nashr qilingan sana: 06.08.2025 16:22:25
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi bayrami munosabati bilan mamlakatimizdagi barcha korxona, tashkilot va muassasalarda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Jumladan, 2025 yil 6 avgust kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida ham ushbu muhim sana munosabati bilan “Temir yo‘l transporti” filiali hududida ma’naviyat soati tashkil etildi.
Tadbirda filologiya fanlari nomzodi, professor, “Antik dunyo” va “Turon” xalqaro fanlar akademiyalarining akademigi, O‘zbekiston Yozuvchilar va Jurnalistlar ijodiy uyushmalari a’zosi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Rahimboy Jumanizov mehmon sifatida ishtirok etdi. Uning “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy suhbati ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi huzuridagi iste’dodli xonandasi, “O‘zbekiston – Vatanim manim!” ko‘rik-tanlovi g‘olibasi O‘lmasoy Turg‘unboeva ham ishtirok etib, o‘z qo‘iqlari bilan tadbirga yuksak ruh va ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Tadbirda “O‘zbekko‘mir” AJ tasarrufidagi filiallar rahbarlari-mutaxassislari, bo‘lim boshliqlari, faol xodimlar, yoshlar va xotin-qizlar kengashlari vakillari faol ishtirok etdi.
Ilhom Bazarbaev,
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati mutaxassisi
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Korxonalarda milliy ruh – chelenjga barcha qo‘shilmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida an’anaviy milliy liboslar chelenji o‘tkazildi. “Jamiyat xodimlari nafaqat ishlab chiqarish sohasida, balki milliy qadri...
O'qish
Sirdaryo ko‘mir omborlariga press-tur tashkil etildi
2025 yil 8 avgust kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Ko‘mir ta’minot” MCHJning Sirdaryo viloyatidagi hududiy omborlariga OAV vakillari uchun pr...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ faoliyatining 2025-yil 7 oylik asosiy ko‘rsatkichlari
2025 yilning yanvar-iyul oylari davomida “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan qator ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari bo‘yicha ijobiy dinamikaga erishildi. Jumladan, ko...
O'qish