Ona tili– milliy g‘ururimiz, ma’naviy qudratimiz
Nashr qilingan sana: 17.10.2025 16:10:0221 oktabr – O‘zbek tili bayrami munosabati bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
“Angren ko‘mir koni” filialida tashkil etilgan tadbirda jamiyat ijro apparati hamda barcha filial va bo‘linmalardan vakillar ishtirok etdi.
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 36 yil to‘lmoqda. Bu yilgi bayram ona tilimizning nufuzi nafaqat mamlakatimizda, balki jahon miqyosida ham ortib borayotgan davrga to‘g‘ri kelmoqda.
Shu ma’noda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning tashabbusi bilan keyingi yillarda davlat tili siyosatini takomillashtirish, uning nufuzini oshirish va ish yuritish amaliyotida to‘liq qo‘llash bo‘yicha qator muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Davlat rahbari o‘z nutqlarida:
“Ona tili – millatning ruhi va g‘ururi, xalqning qalb olamidir”, deb ta’kidlagani har bir fuqaro uchun dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.
Tadbir mehmoni, taniqli voiz, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Rahimboy Jumaniyozov hamda boshqa so‘zga chiqqanlar ona tilimizning betakror go‘zalligi, uning nufuzini oshirish va kundalik ish faoliyati hamda muloqotda to‘g‘ri va samarali foydalanish muhimligini ta’kidladilar.
Bayram munosabati bilan “O‘zbekko‘mir” AJda ilgari davlat tilida ish yuritish mavzusida seminar tashkil etilgan bo‘lib, unda xodimlarning xat-savodi va til bilimini sinovdan o‘tkazish maqsadida diktant yozuv tanlovi o‘tkazilgan edi. Tadbirda mazkur tanlov g‘oliblari alohida e’tirof etilib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ona tilimizning jozibasi va go‘zalligiga bag‘ishlangan she’rlar, qo‘shiqlar va kuylar yangradi. Tadbir ishtirokchilari ona tiliga bo‘lgan muhabbat va hurmatni yanada yuksak ruhda ifoda etdilar.
Dilnoza Mirzakulova,
“O‘zbekko‘mir” AJ davlat tilida ish yuritish bo‘yicha mutaxassis
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Bog‘ot tumanidagi ko‘mir ombori faoliyati nazoratga olindi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Bog‘ot tumanidagi ko‘mir omboridagi holatlar “Ko‘mir ta’minot” MChJ Xorazm viloyati filiali tomonidan nazoratga olindi. Filial dire...
O'qish
Ko‘mir qazib chiqarishdan yetkazib berishgacha bo‘lgan jarayon “O‘zbekko‘mir” AJ nazoratida
Joriy kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tomonidan aholi va byudjet tashkilotlarini arzonlashtirilgan mahalliy ko‘mir bilan ta...
O'qish
Davlat tilida ish yuritish bo‘yicha seminar o‘tkazildi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati O‘quv markazida davlat tilida ish yuritish bo‘yicha o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Jamiyat tasarrufidagi filiallarda faoliyat yurit...
O'qish