Oʻzbekiston Qirgʻizistonga koʻmir sanoati sohasida yordam beradi
Nashr qilingan sana: 06.02.2023 02:51:09Imzolangan kelishuvlar ikki mamlakat energetika sohasini rivojlantirish va elektr energiyasi taqchilligini bartaraf etishga xizmat qiladi.
Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasida oʻzbek tomoni qoʻshni respublikaga koʻmir konlarini rivojlantirishda yordam beruvchi kelishuv imzolangan. Bu haqda Qirgʻiziston energetika vazirligi matbuot xizmatiga tayanib Sputnik Oʻzbekiston nashri xabar berdi.
"Qirgʻiziston Respublikasi energetika vaziri Taalaybek Ibrayev va Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri Joʻrabek Mirzamaxmudov ikki mamlakat energetika sohasini rivojlantirish, qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga koʻmaklashish toʻgʻrisidagi kelishuv va memorandumni imzoladi", - deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Uning soʻzlariga koʻra, imzolangan hujjatlar orasida koʻmir sanoati sohasida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha kelishuv ham bor.
"Uning asosiy maqsadi Qirgʻiziston Respublikasidagi koʻmir konlarini rivojlantirish boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, Qirgʻizistondan Oʻzbekistonga koʻmir eksportini tashkil etish. Oʻzbekistondan Qirgʻizistonga uskunalar yetkazib berish va koʻmir sifatini tahlil qiluvchi laboratoriya yaratish", - deyiladi vazirlik xabarida.
Vazirlar, shuningdek, gaz va neft sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi kelishuv hamda umumiy quvvati 1,8 GVt boʻlgan Chotqol GESlar kaskadi qurilishini amalga oshirish imkoniyatlarini birgalikda oʻrganish boʻyicha memorandumni imzolagan.
Manbaa: https://sputniknews-uz.com/20230201/ozbekiston-qirgizistonga-komir-sanoati-sohasida-yordam-beradi-31885785.html
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Mustaqilligining 34-yilligiga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatining “Tog‘-kon uskunalarini sozlash zavodi” hududida yurtimiz mustaqilligining 34-yilligiga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri bo‘...
O'qish
"O'zbekko'mir" AJ "Tog'-kon uskunalarini sozlash zavodi"da kitob yarmarkasi tashkil etildi
Bugun, 2025-yil 21-avgust kuni, oldindan e’lon qilinganidek, "O‘zbekkomir" aksiyadorlik jamiyatining "Tog‘-kon uskunalarini sozlash zavodi" hududida kitob yarmarkasi bo‘l...
O'qish
Bu yil banklar tadbirkorlik loyihalari uchun 6 milliard dollar resurs olib kelmoqda
Banklar kelgusi yilda aynan kichik va o‘rta tadbirkorlikni maqsadli qo‘llab-quvvatlash uchun qulay shartlarda alohida 1 milliard dollar resurs jalb qiladi. Shuningdek,...
O'qish
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazadi
Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqot shaklidagi ilk uchrashuvi 2021 yil 20 avgustida o‘tkazilgan edi. O‘sha uchrashuvda davlatimiz rahbari bunday tadbirni har y...
O'qish