Официальный ответ: по Наманганскому угольному складу
Дата публикации: 07.11.2025 20:41:37Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahri aholisini ko‘mir mahsuloti bilan ta’minlash hamda arzonlashtirilgan mahalliy ko‘mirni yetkazib berish jarayonida transport xarajatlari ortib ketayotgani haqida tanqidiy videolavhalar tarqaldi.
Holat yuzasidan “Ko‘mir ta’minot” MChJ mas’ullari bilan o‘rganish o‘tkazilib, quyidagilar ma’lum qilinadi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-iyuldagi 453-sonli qaroriga muvofiq, 2025–2026-yillar kuz-qish mavsumida Namangan viloyati aholisini barqaror ko‘mir mahsuloti bilan ta’minlash maqsadida jami 221,8 ming tonna ko‘mir mahsuloti yetkazib berish belgilangan.
Shu jumladan, Namangan ko‘mir ombori Namangan shahri hamda Namangan, Yangi Namangan va Davlatobod tumanlari aholisiga xizmat ko‘rsatishi belgilangan bo‘lib, aholi ehtiyoji uchun 17,5 ming tonna mahalliy ko‘mir ajratilgan. Hozirgi kunga qadar aholi xonadonlariga 3,1 ming tonna ko‘mir mahsuloti tarqatilgan bo‘lib, qolgan hajmlar belgilangan reja-grafik asosida navbatma-navbat yetkazib berilmoqda.
Aholi iste’molchilarini ijtimoiy jixatdan qo‘llab quvvatlash maqsadida arzonlashtirilgan (1 tonnasi - 309 800 so‘m) mahalliy ko‘mir sotuvi amalga oshirilmoqda. “Ko‘mir ta’minot” MChJ hududiy omborlarida aholi tomonidan xarid qilingan mahsulot omborga tegishli avtoyuklagichlarda bepul yuklab beriladi.
Iste’molchilarga ko‘mir yetkazib berish ishlari Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-sentabrdagi 551-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Respublika aholisini ko‘mir mahsulotlari bilan ta’minlash to‘g‘risidagi Nizom” talablari asosida amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan ko‘mirni ortib yuborish ishlari tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq tashkil etilib, Namangan viloyati hududiy ko‘mir omborlari ham ko‘mir muntazam ravishda yetkazib berilmoqda. Joriy kuz/qish mavsumida xususan, 7 noyabr holatiga Namangan viloyatidagi hududiy omborlarga 881 tonna zaxirasi mavjud bo‘lib, “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan ayni paytda temir yo‘l orqali 59 vagon (4,1 ming tonna) mahsulotlari ortib yuborilgan.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
Комментарии
Jill
09.01.2026 12:44:49Lane
29.12.2025 20:24:05Rodrick
25.12.2025 16:20:47Последние новости:
В Бешарике проведён очередной семинар по учёту населения
Как известно, с 15 января по 28 февраля текущего года в Узбекистане проводится мероприятие по учёту населения и сельского хозяйства. Данное мероприятие имеет важное з...
Читать
Праздничные поздравления от председателя Объединенного профсоюзного комитета А.М. Каюмова
Читать
Праздничное поздравление Генерального директора АО «Узбекуголь» Н.У. Дусматова
Уважаемые работники и ветераны угольной промышленности, дорогие коллеги! Уходящий год запомнится для угольной отрасли нашей страны стабильным ростом и значимыми резуль...
Читать
“O‘zbekуголь” AJ: korrupsiyaga qarshi islohotlar yangi bosqichda
Korrupsiya jamiyat va iqtisodiyot rivojiga jiddiy to‘siq bo‘luvchi, davlat boshqaruvi samaradorligiga putur yetkazuvchi xavfli illat sifatida mamlakatimizda davl...
Читать