Shoh va shoir tavallud kuniga bagʻishlandi
Nashr qilingan sana: 14.02.2023 05:46:2514 fevral ‒ buyuk Temuriylar sulolasi davomchisi, Boburiylar sulolasi asoschisi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.
Shu munosabat bilan "Angren koʻmir koni" filialida buyuk bobokalonimizni yod etib, maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
"Oʻzbekkoʻmir" AJ Birlashgan kasaba uyushma qoʻmitasi raisi Anorbek Sultonov qisqacha kirish soʻzi bilan ochib bergan tadbirda taniqli navoiyshunos olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Sultonmurod Olimov Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va faoliyati haqida soʻzlab berdi va ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.
Tadbirda Muqimiy nomidagi musiqali drama teatri aktrisasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Munojat Teshaboyeva oʻzining yorqin badiiy chiqishlari bilan ishtirok etdi.
Nodira Gʻaniyeva
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

“O‘zbekko‘mir” AJ Bosh direktori N.U. Dusmatovninhg bayram tabrigi
Hurmatli konchilar va ko‘mir sanoati faxriylari! Qadrli hamkasblar! Barchangizni kasb bayramingiz bilan samimiy tabriklayman. Mana, 2001 yildan buyon maml...
O'qish
Milliy liboslar bayramlarda ayniqsa yarashadi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida haftaning har jumasi ‒ “Milliy liboslar kuni” sifatida nishonlanmoqda. Bu galgi “Milliy liboslar” chellenji Konchilarni...
O'qish
Konchilar mehnati e’tirof etildi
18-may – O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni! Shu munosabat bilan 16-may kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida kasb bayramiga bag...
O'qish
“Eng yaxshi ixtirochi” tanlovida ishtirok eting!
“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktorining “Eng yaxshi ixtirochi” tanlovini tashkil etish to‘g‘risida” 145-sonli buyrug‘i qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezi...
O'qish