Har juma – milliy iftixor ifodasi!
Nashr qilingan sana: 13.06.2025 15:16:06
.jpg)
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida har juma kuni “Milliy liboslar kuni” sifatida nishonlanmoqda.
Ushbu an’ana ijro apparatidanoq tortib filiallargacha izchil davom etmoqda. Xodimlar ish joyiga o‘zbek milliy liboslarida kelib, qadimiy an’analarimizni hayot tarziga aylantirishmoqda.
Milliy libos – nafaqat kiyim, balki tarix, madaniyat, falsafa va xalq ruhiyatining timsolidir. U o‘zbek xalqining turmush tarzi, urf-odatlari, tabiatga munosabati va o‘ziga xos didini o‘zida mujassam etadi.
Ayniqsa, o‘zbek do‘ppisi – milliy shijoat, ma’naviyat va badiiy did ramzi sifatida yuksak qadrlanadi.
▪️ Toshkent do‘ppisining soddaligi, oq-qora kontrasti va “qalqon” naqshlari xalqning poklik va hayotga jiddiy munosabatini bildiradi.
▪️ Andijon do‘ppisining murakkab “chakich” uslubidagi mayda gullari nafislik, pazandalik va didlilik timsolidir.
▪️ Marg‘ilon do‘ppisidagi an’anaviy “chakan” naqshlar ipak yo‘li madaniyatining jilosi ва hunarmandchilik an’anasining davomidir.
▪️ Shahrisabz do‘ppisining to‘rtburchak shakli va geometrik soddaligi qadimgi voha xalqlarining sodda va bardavom turmush tarzini aks ettiradi.
▪️ Buxoro do‘ppisidagi “islomi” uslubi esa diniy-falsafiy g‘oyalar, ilm-ma’rifatga intilish va madaniy boyliklarni eslatadi.
“Milliy liboslar kuni” – bu nafaqat milliylikni asrash, balki jamoada birlik, ijobiy ruh va ko‘ngil ko‘tarinkiligi yaratish demakdir.
Fotosuratda: Jamiyat Tashqi va ichki xaridlar boshqarmasi boshlig‘i Abror Egamberdiyev hamda boshqarma yetakchi mutaxassisi Inomjon G‘aziev ish jarayonida.
Oxirgi yangiliklar:
Konferensiya: Jamoa shartnomasi ijrosi muhokama qilindi
2026-yilning 17-aprel kuni Unda jamiyat tizimidagi korxonalardan saylangan delegatlar, jamiyat rahbariyati, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari, mutaxassislar hamda...
O'qish
Brifing: iste’molchilarga 1 million 782,6 ming tonna mahalliy ko‘mir yetkazib berildi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida 2026-yilning yanvar–mart oylarida iste’molchilarga 1 million 782,6 ming tonna mahalliy ko‘mir yetkazib berildi. Bu boradagi reja 1...
O'qish
OAV vakillari diqqatiga: “O‘zbekko‘mir” AJda I chorak yakunlariga bag‘ishlangan brifing
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida 2026 yil “yanvar–mart oylari yakunlari hamda jamiyatda amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlari” mavzusida brifing o‘tkazi...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ transformatsiya: xarid jarayonlari raqamlashtiriladi, ESG tamoyillari joriy qilinadi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida xarid jarayonlarini yanada ochiq, tushunarli va samarali qilish maqsadida KPMG xalqaro konsalting kompaniyasi tomonidan keng qamrov...
O'qish